17 sentabr kuni Boysundagi M25 konida avariya sodir böldi. Buning oqibatida 4 kişi halok bölgan va 11 kişi jarohatlangan. Ayni vaqtda Boysun tumanida bölib, vaziyatni örganayotgan Kun.uz muxbiri Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudovdan halok bölganlarning oilalariga kopmensatsiya tölanişi borasida intervyu oldi.
Vazirga köra, halok bölgan xodimlarning oilalari tegişli kompensatsiyalardan taşqari pudratçi taşkilot qaramoğiga ham olinadi.
“Köpçilik nefti-gaz sohasida xodimlar baland oylik olişini aytadi. Avval kelib xodimlar naqadar oğir şaroitda işlaşini köriş kerak. Baxtsiz xodisa bölganida kompensatsiya beriş tegişli mehnat şartnomalarida ham bor.
Közda tutilgan kompensatsiyalardan taşqari halok bölganlarning oilalari qaramoğini pudratçi taşkilot töliq öz böyniga oldi. Bundan taşqari, pudratçi taşkilot ularning farzandlarini voyaga yetkazib, öqitib, kompaniyada kafolatlangan iş bilan ta’minlaşgaça zimmasiga olgan”, deya ma’lum qildi vazir.
Jörabek Mirzamahmudov Kun.uz muxbirining evakuatsiya qilinganlar böyiça savolini oçiq qoldirgan.
Energetika vaziri avvalroq M25 konidagi avariyaga juda yuqori bosim sabab bölganini aytgandi.











