Kun.uz'ga Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konidan olingan videotasvirlar kelib tuşdi. 18 yanvarda olingani aytilgan tasvirlarga köra, hududda yonğinli dara paydo bölgan.
“Yopilgan quduq atrofidan şunday kiçik-kiçik “buloqça”lar [oçilib], undan gaz sizib çiqqan, keyin yondirib qöyilgan. Bizga neft sizib çiqyapti deb bahona qilişyapti, yanayam aniğini biliş muşkul. Lekin bizga hidi kelmayapti. Rasmiylar ançadan beri jim, va’dalar berişgan edi”, – deydi kon yaqinida yaşovçi fuqarolardan biri.
Yana bir fuqaroga köra, vaziyatni nazorat qiliş uçun har bir “buloqça” yoniga nazoratçilar qöyilgan.
“Gaz çiqayotgan har bir “buloqça”larga nazorat qiliş uçun bitta-bitta odam qöyilgan, 100 gektar bölsa, qariyb 18-19 ta kiçik-kiçik joyidan gaz çiqyapti, 1-2 tasi katta-katta quduqlar”, – deydi u.
Kun.uz holat yuzasidan Energetika vazirligiga murojaat qildi. Vazirlik matbuot xizmati sörovni hozirça javobsiz qoldirmoqda.
M25 konini özlaştiriş böyiça 2017 yilda boşlangan işlar 2024 yil 1 sentabr kungi avariyadan keyin töxtab qolgan edi. Öşanda kon atrofida yaşovçi aholi köçirilgan.
17 sentabr kungi takroriy avariyada pudratçi kompaniya – Eriell'ning 4 xodimi halok bölgandi.
Kun.uz 9 noyabr kuni konda navbatdagi portlaş kuzatilgani, şundan keyin yirik yonğin çiqib, badböy hid kamaygani haqida xabar bergandi.
Noyabr oyi boşida energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov konni jilovlaş uzoği 2-3 oy vaqt olişi mumkinligini aytgan edi.

















