Boysundagi «Mustaqillikning 25 yilligi» konida 17 sentabr kuni navbatdagi ofat röy bergan. Buni Kun.uz muxbirining savoliga javob bergan mas’ullar tasdiqladi.

Boş prokuratura boşqarma boşliği Öktam Ötayevning sözlariga köra, hodisa natijasida ikki kişi halok bölgan, şuningdek, jarohatlanganlar bor. Tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda.

«Haqiqatan, keça siz aytgan öşa noxuş holat böyiça, ikki nafar odam halok bölgani böyiça, voqea joyiga viloyat prokurorining özi çiqqan. Hozirda tergovoldi tekşiruv harakatlari olib borilmoqda», dedi u.

Vafot etganlardan taşqari, jarohatlanganlar ham bor.

«Ölim holati bölgan. Ikki nafar şaxs ölgani töğrisidagi holat bor. Yana tan jarohati olingan holatlar ham bor. Hozir tergovga qadar tekşiruv harakatlari ötkazilmoqda. Natijasi böyiça sizlarga ma’lumot beriladi», dedi Boş prokuratura xodimi.