«Hududgazta’minot» boşqaruv raisi topşiriği bilan tezkor işçi guruhlar şakllantirilib, joylarda tabiiy va suyultirilgan gazdan noqonuniy foydalaniş holatlarini aniqlaş böyiça nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
«Hududgaz Andijon» gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, gaz ta’minoti bölimi va huquq-tartibot organlari xodimlari bilan hamkorlikda Andijon viloyatining Şahrixon tumanida suyultirilgan gaz ta’minotidagi qonunbuziliş holatlarini aniqlaş böyiça reyd tadbirlari ötkazildi.
«Şahrixontumangaz» gaz ta’minoti bölimi çilangari J.X. öziga biriktirilgan maxsus avtotransport vositasini özboşimçalik bilan boşqargan holda, aholi iste’molçilariga tegişli bölgan suyultirilgan gazni tuman gaz bölimida qorovul vazifasida işlovçi A.T. bilan birgalikda tarqatiş jarayonida belgilangan yönalişdan çetga çiqib Şahrixon tumani Nurafşon köçasidagi noturar bino hududiga olib kirib tuşirayotgan vaqtida töxtatib qolingan.
Mazkur binoda jami 155 dona maişiy gazballonlari yonğin xavfsizligi qoidalariga zid ravişda noqonuniy saqlab kelinayotgani aniqlandi. Şuningdek, 1 dona elektron tarozi, avtomobillarga propan gaz ötkaziş uçun maxsus moslaştirilgan 2 dona rezina şlanglar va oğir qoldiqni tökib olib saqlaş uçun möljallangan 10 dona plastmassa idişlar borligi ma’lum böldi.
Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, barça hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga taqdim etildi.









