Özbekiston prezidentining qarori bilan Rustam Jumayev favqulodda vaziyatlar vazirining örinbosari – Moliya, ta’minot va quriliş departamenti boşliği vazifasini bajaruvçi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Rustam Jumayev Hisob palatasining turli lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Şuningdek, prezident farmoyişi bilan polkovnik Muzaffar Mamasiddiqov Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boşliği lavozimiga tayinlandi.

Muzaffar Mamasiddiqov

Tayinlovga qadar u Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi boşliği örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Şu kunga qadar Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi boşliği lavozimida faoliyat yuritib kelgan general-mayor Ravşan Haydarov Haydaroviç nafaqaga çiqişi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.

Eslatib ötamiz, 25 fevral kuni prezident farmoni bilan boş prokuror örinbosari — harbiy prokuror Botir Qudratxöjayev favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlangan va unga general mayor harbiy unvoni berilgan edi.

Mart boşlarida esa Xurşid Sotiyev favqulodda vaziyatlar vazirining örinbosari — Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi departamenti boşliği vazifasini bajaruvçi, Nuriddin Qodirov favqulodda vaziyatlar vazirining örinbosari – Ma’naviy-ma’rifiy işlar va kadrlar bilan ta’minlaş departamenti boşliği vazifasini bajaruvçi lavozimiga tayinlangandi.