Ilon Mask 28 mart kuni özining sun’iy intellekt xAI kompaniyasi X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoğini 33 milliard dollarga sotib olganini ma’lum qildi.

Mask sözlariga köra, kelişuv natijasida «xAI qiymati 80 milliard dollarga, X esa 33 milliard dollarga (45 milliard dollar minus 12 milliard dollar qarz) baholanadi».

«xAI va X kelajagi bir-biriga boğlangan. Bugun biz rasman ma’lumotlar, modellar, hisob-kitoblar, distributsiya va iste’dodlarni birlaştiriş yölida qadam taşlamoqdamiz», deb qöşimça qildi Mask.

X va xAI vakillari jurnalistlarning sörovlariga javob bermadi, deb yozdi Reuters. Agentlikning ta’kidlaşiça, kelişuvning köplab tafsilotlari noma’lum, xususan, investorlarga qanday kompensatsiya tölanişi va X kompaniyasining rahbarlari yangi kompaniyaga qanday integratsiyalaşuvi aniq emas.

Tesla va SpaceX boş direktori Ilon Mask 2022 yil oktabr oyida Twitter egasiga aylandi va ijtimoiy tarmoqni 44 milliard dollarga sotib oldi. Mask zararga işlayotgan kompaniyani qayta qurmoqçi ekanini aytdi. 2023 yil aprel oyida Maskning «X corp.» kompaniyasi ijtimoiy tarmoqni qöşib oldi va uning nomi X deb özgartirildi.