Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev amaliy taşrif bilan Olmaota şahriga keldi. Mehmonni aeroportda Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev kutib oldi.
Taşrifdan maqsad – norasmiy uçraşuv ötkaziş.
“Kun tartibidan savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qişloq va suv xöjaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytiriş, şuningdek, hududlar örtasidagi faol aloqalar va madaniy-gumanitar almaşinuvni davom ettiriş masalalari örin olgan.
Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almaşadilar”, – deyiladi Özbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Prezidentlar “Medeu” toğ-çanği klasterini borib körişdi.
Şavkat Mirziyoyevga sel-suv toşqinlaridan himoya qiliş maqsadida dengiz sathidan 1750 metr balandlikda qurilgan “Medeu” töğonining yaratiliş tarixi va arxitekturaviy xususiyatlari haqida sözlab berildi.
“Medeu” töğonining tepasiga 842 poğonadan iborat “Salomatlik zinapoyasi” olib boradi. 2011 yilda töğon yonida “Şimbuloq” toğ-çanği maskaniga eltuvçi 4,5 km uzunlikdagi dor yöli qurilgan.

“Medeu” sport majmuasi 1972 yilda barpo etilgan bölib, dengiz sathidan 1700 metr balandlikda joylaşgan. Majmua muz maydonining yuzasi 10,5 ming kvadrat metr bölib, bir vaqtda 3 ming nafargaça kişini qabul qila oladi. Har yili unga 400 mingdan ortiq mehmon taşrif buyuradi.
Bugungi kunda majmua sport, turizm va madaniyat klasteri sifatida faoliyat yuritmoqda. Sport musobaqalari, ommaviy konki uçiş, madaniy tadbirlar, festivallar muntazam ötkazib kelinmoqda.

Şundan keyin davlat rahbarlari Olmaota şahrida norasmiy uçraşuv ötkazişdi.


















