«Yevgeniya Gutsulga nisbatan ehtiyot çorasi sifatida 20 sutkalik qamoqni qöllaş töğrisidagi iltimosnoma qisman qanoatlantirilsin», — deyiladi sudya Sergey Çobanu qarorida.

Prokuratura Gutsulni 30 kunga qamoqqa olişni söragan, ammo sud uşbu muddatni qisqartirdi. Gutsulning advokati Serjiu Moraruning aytişiça, uning himoyasi ostidagi şaxs heç qanday huquqbuzarlikka yöl qöymagan, prokuraturada esa uni hibsga oliş uçun qonuniy asos bölmagan. Himoya hukm ustidan şikoyat qiliş niyatida.

Gutsul 25 mart kuni keçqurun Kişinyov aeroportida mamlakatni tark etişga uringan vaqtda qölga olingan. Moldova hukumati unga ikki jinoyat işi böyiça ayb qöygan. Birinçi işga köra, tergov ma’lumotlariga asosan 2019–2022 yillar oraliğida Gutsul Rossiyadan Moldovaga yirik miqdorda pul mablağlarini olib kirib, rossiyaparast «Şor» partiyasini noqonuniy moliyalaştiriş bilan şuğullangan. Şuningdek, u 2022 yilda Kişinyovdagi norozilik namoyişlarini taşkil etişda gumonlanmoqda. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar ma’lumotiga köra, Gutsul davlat muassasalari oldidagi namoyişlarda iştirok etgan faollarga tölovlarni nazorat qilgan.

Qölga olinganidan söng Gutsul Vladimir Putinga murojaat qilib, Moldova hukumatiga nisbatan bosim ötkaziş uçun «barça diplomatik, siyosiy va huquqiy vositalarni işga soliş»ni söradi va «siyosiy ta’qiblarni zudlik bilan töxtatiş»ga da’vat etdi.

Şuningdek, u Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan hamda Gagauziya aholisidan qöllab-quvvatlaşni söradi. Uning sözlariga köra, Moldova rasmiylari unga hudud rahbarligi — boşqon lavozimidan voz keçiş va mamlakatni tark etiş evaziga jinoiy ta’qibni töxtatişni taklif etgan.

Kreml Gutsulning qölga olinişini qoralab, bu kabi harakatlar «demokratik tamoyillarga zid» ekanini ma’lum qildi. «Albatta, biz bu kabi çoralarni qoralaymiz va Kişinyovdan bunday usullardan voz keçib, mamlakatdagi barça siyosiy kuçlar uçun erkin faoliyat yuritiş imkoniyatini ta’minlaşni talab qilamiz», — dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Gagauziya — Moldova Respublikasi tarkibidagi muxtor hududiy birlik bölib, u yerda turkiy tilda sözlaşuvçi 112 mingdan ziyod gagauzlar yaşaydi.