Myanmada 28 mart kuni ro‘y bergan zilzila va aftershok qurbonlari soni 1700 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat boshqaruvidagi harbiy xunta rahbari Min Aung Hlayng Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan telefon orqali muloqot chog‘ida ma’lum qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yana 3,4 mingdan ortiq kishi jarohatlangan, 300 nafar atrofidagi kishi bedarak ketgan. Myanmada qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda, mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingan, hukumat xalqaro hamjamiyatga ko‘mak so‘rab murojaat qilgan. Yer silkinishi Tailand va Xitoyda ham sezilgan, xususan Katta Bangkok aglomeratsiyasi hududiga ham katta talafot yetkazgan, poytaxtda qulagan binolar xarobalarini tozalash ishlari davom ettirilmoqda. Bangkokdagi rasmiylarga ko‘ra, Tailanddagi zilzila oqibatida yigirmaga yaqin kishi halok bo‘lib, o‘nlab kishilar yaralangan, 100 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Ikki mamlakatda ham qurbonlar soni yanada oshishi mumkinligi istisno etilmayati. «Meduza» Myanma va Tailanddagi vayrongarchilik aks etgan suratlarni jamladi.

Myanma

Myanmaning ikkinchi yirik shahri Mandalaydagi zilziladan keyin vayron bo‘lgan Maha Miat Muni ibodatxonasi. Zilzila epimarkazi unga yaqin joylashgandi. 2025 yil 28 mart
EPA / Scanpix / LETA
Mandalay aholisi vakillari vayronalar orasidan omon qolganlarni qidirmoqda. 2025 yil 29 mart
Sai Aung Main / AFP / Scanpix / LETA
Zilzila qurbonlari Myanma poytaxti Neypido shifoxonasi hovlisida. 2025 yil 28 mart
Sai Aung Main / AFP / Scanpix / LETA
Neypido aholisi vakillari Milliy muzey hududida. 2025 yil 28 mart
Sai Aung Main / AFP / Scanpix / LETA
Omon qolganlarni izlab, shikastlangan binolarga chiqayotgan odamlar. Mandalay, 2025 yil 29 mart
Sai Aung Main / AFP / Scanpix / LETA