Ukraina Rossiyaning yangi yurishiga tayyorlanmoqda
Ukraina Rossiya qo‘shinlarining yangi hujumini kutmoqda. Kiyevdagilar fikricha, bu hujumdan maqsad Ukrainaga bosimni kuchaytirish va muzokaralarda Kreml pozitsiyasini mustahkamlash hisoblanadi.

Oleg Petrasiuk / AP
Rossiya harbiylari yaqin haftalarda Kiyevga bosimni kuchaytirish va Moskvaning muzokara pozitsiyalarini mustahkamlash maqsadida yangi hujumni rivojlantirishga tayyorlanmoqda, degan Ukraina harbiylari va tahlilchilari Associated Press nashriga.
Agentlik suhbatdoshlari ta’kidlashicha, Kreml ming kilometrga cho‘zilgan butun front chizig‘i bo‘ylab ko‘p vektorli hujumga tayyorlanmoqda. Tahlilchi Aleksey Getmanning hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya olti oydan to‘qqiz oygacha – ya’ni deyarli butun 2025 yil davomida davom etishi ko‘zda tutilgan hujumga tayyorlanmoqda.
27 mart kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Parijdagi sammitda ukrain razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Ukraina sharqida — Sumi, Xarkiv va Zaporijjya oblastlarida bahorgi yurishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida gapirgandi. Keyingi kuni u Ukraina qurolli kuchlari RF qo‘shinlarining Sumi oblastiga bosqinini qaytarishga tayyorlanayotganini aytdi. «Bu ro‘y berishi fakt emas, ammo biz tayyor turamiz», — degandi u.
Zelenskiy Rossiyaning ehtimoliy hujumga tayyorgarligini AQSh bilan muzokaralarni cho‘zish va Ukrainaning yangi hududlarini egallash uchun vaqt yutishga urinishlar bilan bog‘lagan. «Katta yettilik» (G7) davlatlarining Kiyevdagi ikki diplomati ham AP bilan suhbatda uning fikriga qo‘shilgan.
Ukraina harbiylari Rossiyaning hujumga tayyorgarlik alomatlarini so‘nggi paytlarda RF qo‘shinlari o‘z pozitsiyalarini yaxshilash uchun hujumlarni kuchaytirganida ko‘rmoqda. Bundan tashqari, Rossiya Ukrainaning kelajakdagi hujumiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan o‘t ochish nuqtalari, uchuvchisiz tizimlar va boshqa mudofaa salohiyatini aniqlash va yo‘q qilish uchun razvedka missiyalarini faollashtirdi, deyiladi maqolada.
AP bilan suhbatlashgan ukrainalik komandirlarning ba’zilari Rossiya Ukraina qurolli kuchlari chiqib ketgan Kursk oblastidagi o‘z kuchlarining bir qismini boshqa hududlarga tashlashi mumkinligidan ham xavotirda. «Bu qiyin bo‘ladi. Kurskdan kelgan rossiyaliklar u yerda erishilgan g‘alabalar tufayli ko‘tarinki ruhda bo‘ladi», – deydi Ukrainaning Donetsk oblastidagi batalyoni komandiri.
Associated Press Rossiya tomoni AQShning Ukraina bilan 30 kunlik sulh taklifini amalda rad etgani, Qora dengizda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv esa rossiyalik muzokarachilar o‘z shartlarini ilgari surganidan keyin muallaq holatda qolganini qayd etgan. Kreml Qora dengizdagi sulhga faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportchilaridan sanksiyalar olib tashlangach va Rosselxozbank SWIFT tizimiga ulangandan keyingina rozi bo‘lishini aytmoqda.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Meksika Google korporatsiyasini sudga berdi
Jahon | 00:27
-
“Harvard bu raundni yutdi”: universitet AQSh ta’lim vazirining xatolarga to‘la xatini tekshirib, o‘ziga qaytarib yubordi
Jahon | 00:01
-
Britaniyada uchuvchi o‘ng va chapni adashtirib yuborgani uchun samolyotda yong‘in chiqdi
Jahon | 23:57 / 09.05.2025
-
Tramp boylar uchun soliqni oshirish taklifini berdi
Jahon | 23:06 / 09.05.2025
Mavzuga oid

19:55 / 09.05.2025
Ukraina tarixda birinchi marta Vengriya josuslik tarmog‘ini fosh qildi

16:53 / 09.05.2025
Putin va Si Jinping «Ukraina inqirozi»ni muhokama qildi

15:59 / 09.05.2025
YeI G7 tashabbusi doirasida Ukrainaga yana 1 mlrd yevro to‘ladi

14:07 / 09.05.2025