Germaniyada bank xodimi işdan böşab, tovuqlarni ijaraga beriş biznesini yölga qöydi, deb yozmoqda Bild.
59 yoşli Ryudiger Gertner beş yil oldin hayotini tubdan özgartirdi — u bankdagi işini taşlab, tovuqlarni ijaraga beriş bilan şuğullana boşladi. Erkakning sözlariga köra, bu ğoya unda bolaligida paydo bölgan.
«Oilamizda doim tovuq boqilardi. Uşbu jonzotlarni kuzatiş odamga xotirjamlik bağişlaşini payqab qoldim. Bu hissiyotni boşqalar bilan ham bölişgim keldi», — deydi u.
Erkak öz işini törtta tovuq va xörozdan boşlagan bölsa, hozirda 20 ta parrandaga egalik qilmoqda.
«Mening qizlarim — ularni şunday atayman, juda işonuvçan — quçoqlaşişni yaxşi köradi va odamlarga örganib qolgan», — deydi Ryudiger.
Uning sözlariga köra, tovuqlar ijarasiga kutilmaganda talab oşgan. «Köplab mijozlar uçun tovuqlar haqiqiy antidepressantga aylangan — yolğizlikni quvadi va quvonç bağişlaydi», — deya ta’kidlaydi Gertner.
Biznes sxemasi quyidagiça: Gertner mijozlarga köçma voler bilan tovuqlarni olib boradi va ularga yöl-yöriq örgatadi. Törtta parrandani ikki haftaga ijaraga oliş 220 yevroni taşkil etadi — bu vaqt davomida ular qöygan tuxum mijozniki böladi. Ijtimoiy muassasalar uçun çegirmalar taqdim etiladi.












