— Bugun Yevropa Ittifoqi uçta muammoning içida qolgan. Şarqda – dunyo tartibotini qayta körib çiqiş uçun uruş boşlagan Rossiya. Ğarbda – Amerika hokimiyatiga Donald Trampning kelişi. Tramp keyingi 80 yil davomida, ya’ni 1945 yildan şakllangan tartibotga rioya qilmayapti. Şu paytgaça dunyo tartibotining asosiy homiysi, himoyaçisi Amerika bölgan bölsa, bugun dunyo tartibotining eng katta buzğunçisi Donald Trampning özi.
Uçinçisi – Yevropaning içkarisidagi ultra önglar: ultramillatçilar, ksenofoblar va islomofoblar. Tramp hokimiyati allaqaçon ularga stavka qila boşlagan. Ular Yevropadagi siyosatçilarni “millatçilarga, ksenofoblarga, islomofoblarga imkoniyat bermayapsizlar, demokratiyani özlaring buzyapsizlar” deb tanqid qilyapti. Ular buni yaşirmaydi. Pentagon rahbari Pit Hegsetning qöliga (arab tilida) “kofir” deb yozib olgani, Ilon Maskning Hitlernikiga öxşaş qöl işoralari...
Donald Tramp ikkinçi marta hokimiyatga kelganda, uzoq muddat öyladi. Birinçi prezidentligi vaqtida ma’muriyati barqaror bölmagandi. Bu safar juda ham barqaror va bu safar aynan Trampning tafakkuridagi odamlar kelgan.
Yevropa bugun şu uçta muammoning qurşovida, juda murakkab vaziyatda turibdi. Qit’aning xavfsizligi Amerikaga, energetikasi Rossiyaga boğlangan edi. Xitoy bilan esa savdo-iqtisodiy hamkorlik ança çuqur. Hozir uçala tomon ham beqaror, uçalasi ham muammoli. Şu fonda Yevropa Ittifoqi öz taqdirini özi qöl olişga harakat qilyapti.
Evropa Ittifoqi – konfederatsiya. U yerda ikkita siyosiy katta yirik kayfiyat bor. Fransiya va Germaniya bugun lider bölişga tayyor. Hatto Breksit orqali çiqib ketgan Britaniya ham “Yevropa Ittifoqi bilan bundan keyin birga bölmasak bölmas ekan” degan xulosaga kelib böldi. Ikkinçi guruh esa – Amerikaga oriyentir olgan davlatlar. Ular Fransiya, Germaniya yoki Angliya AQŞning örnini bosa olişiga işonmaydi.











