Forbes jurnali dunyoning eng boy milliarderlarining navbatdagi yillik reytingini e’lon qildi.
Röyxatda birinçi örinni SpaceX va Tesla kompaniyalari rahbari Ilon Mask egalladi. Forbes jurnali Maskning boyligini 342 milliardga baholadi va bu ötgan yilgi natijaga (195 milliard dollar) nisbatan salkam ikki barobarga köp.
Röyxatda ikkinçi örinni Meta korporatsiyasi (Facebook, Instagram va WhatsApp egasi) rahbari Mark Tsukerberg egalladi. Forbes uning boyligini 216 milliard dollarga baholagan.
Kuçli uçlikni Amazon asosçisi Jyeff Bezos yopib bergan. U ketma-ket uç yildan beri reytingda uçinçi örinni egallamoqda, lekin natijasini sezilarli darajada yaxşiladi: uning kapitali bir yil oldingi 194 milliard dollarga nisbatan 215milliard dollarga baholandi.
Dunyoning eng badavlat tadbirkorlari öntaligiga Larri Ellion (192 mlrd dollar), Bernar Arno (178 mlrd dollar), Uorren Baffet (154 mlrd dollar), Larri Peyj (144 mlrd dollar), Sergey Brin (138 mlrd dollar), Amasion Ortega (124 mlrd dollar) hamda Stiv Balmer (118 mlrd dollar) kiritildi.
Microsoft asosçisi Bill Geyts 108 milliard dollar bilan reytingda 13-örinni, hindistonlik tadbirkor, energetika, neft-kimyo, telekommunikatsiya, çakana savdo va moliyaviy xizmatlar sohalarida faoliyat yurituvçi Reliance Industries rahbari Mukeş Ambani 97,7 milliard dollar boyligi bilan esa 17-örinni band etgan.
2025 yilgi röyxatda eng boy rossiyaliklar orasida «Lukoyl» egalaridan biri Vagit Alekperov birinçi örinda — uning boyligi 28,7 milliard dollarga baholangan. Telegram asosçisi Pavel Durov reytingga BAA vakili sifatida kiritilgan (17,1 milliard dollar, 118-örin).
UMS Holding kompaniyasi asosçisi, asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan milliarder Alişer Usmonov esa bu safar Forbes reytingiga Özbekiston vakili sifatida kiritildi. Uning boyligi 16,7 milliard dollarga baholangan bölib, röyxatda 125-örinda joylaşgan.










