Samarqandda xalqaro sammit oldidan elektr ta’minoti tizimi qayta ta’mirlandi
Joriy yilning 3-5 aprel kunlari Samarqand shahri “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi”ning birinchi rasmiy sammiti hamda “Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yo‘lida birdamlik” mavzusidagi xalqaro anjumanga mezbonlik qiladi.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
Ushbu nufuzli tadbirlarga tayyorgarlik doirasida shaharning elektr ta’minoti yanada takomillashtirildi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning Samarqand filiali tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, sammit o‘tkaziladigan obektlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 14 ta podstansiya, 5 ta taqsimlash tarmog‘i, 64 ta transformator punktlari hamda 525 km elektr uzatish tarmoqlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, 35-110 kV kuchlanishdagi bir nechta havo elektr uzatish tarmoqlari ham tekshirilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.
“Registon” podstansiyasidan chiquvchi yirik elektr tarmoqlarida qo‘shimcha modernizatsiya ishlari olib borildi. Shuningdek, shaharning tarixiy obidalari va ziyoratgohlarini elektr bilan ta’minlaydigan 16 ta transformator punktlari tekshirilib, uchtasida yangi elektr qurilmalari o‘rnatildi.
Sammit doirasida elektr ta’minotiga bo‘lgan ehtiyojni qoplash maqsadida Samarqandga 10 ta “Damas” avtomashinasi, 3 ta ISUZU maxsus texnikasi hamda zamonaviy UPS qurilmalari yetkazib berildi.
Shuningdek, 8 ta tezkor xizmat ko‘rsatish brigadasi tashkil etilib, ular zarur texnik vositalar va materiallar bilan ta’minlandi. Qo‘shimcha ravishda 7 ta mobil dizel elektr stansiyasi (DES) va 12 ta UPS qurilmasi tarmoqqa ulandi.
Tadbir davomida elektr ta’minoti uzluksizligini ta’minlash maqsadida mutaxassislar 24 soatlik navbatchilikda bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Meksika prezidenti AQShdan importga bojlar joriy qilinishini istisno etmadi
Jahon | 14:15
-
Toshkentning Qorasaroy ko‘chasida tunnel qurilishi boshlandi
O‘zbekiston | 14:09
-
O‘zbekistonlik haydovchilar Rostov-Dondagi bo‘sh ish o‘rinlariga jalb qilinadi
O‘zbekiston | 13:52
-
Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi quriladi
Iqtisodiyot | 13:26
Mavzuga oid

15:49 / 21.12.2024
“Hududiy elektr tarmoqlari”ga yangi rais tayinlandi

22:42 / 17.09.2024
Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati cheklanadi

15:21 / 20.08.2024
O‘zbekistonda hududiy elektr tarmoqlari boshqaruvini xususiy sektorga berish boshlanadi

20:26 / 07.08.2024