AQŞ Tojikistonning Xöjand şahrida imzolangan «Abadiy döstlik töğrisidagi deklaratsiya» va Qirğiziston, Tojikiston hamda Özbekiston hukumatlari örtasida çegara nuqtasi böyiça imzolangan şartnomani olqişlaydi. Bu haqda Özbekistondagi AQŞ elçixonasi bayonot berdi.

«Amerika Qöşma Ştatlari «Abadiy döstlik töğrisida»gi Xöjand deklaratsiyasini hamda Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston hukumatlari tomonidan yaqinda imzolangan çegara töğrisidagi kelişuvni olqişlaydi. Bu kabi qadamlar mintaqaviy integratsiyani qöllab-quvvatlaş va barqarorlikni ta’minlaşda muhim ahamiyatga ega. Umid qilamizki, bu kelişuv yanada kengroq iqtisodiy imkoniyatlarga, uç mamlakat xalqlari örtasidagi yaqin aloqalarga va umuman mintaqaning mustahkamlanişiga olib keladi», deyiladi bayonotda.

31 mart kuni Xöjand şahrida Şavkat Mirziyoyev, Imomali Rahmon va Sadir Japarov tomonidan Özbekiston, Tojikiston va Qirğiziston davlat çegaralarining tutaş nuqtasi töğrisidagi tarixiy şartnoma imzolandi hamda uç davlat rahbarlarining Qöşma deklaratsiyasi qabul qilindi.