Rasmiy tadbirdan söng ötkazilgan muloqot çoğida Özbekiston hamda Finlandiya örtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Prezident Aleksandr Stubb Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarni fin tomoni töliq qöllab-quvvatlaşini va uşbu yönalişda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirişga tayyorligini bildirdi.

Finlandiya yetakçisi, şuningdek, rasmiy Helsinki va Toşkent örtasidagi siyosiy muloqot hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanib borayotganini yuqori baholab, Özbekistonning mintaqadagi muhim örnini qayd etdi va mamlakatimiz bilan siyosiy-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirişdan manfaatdorligini tasdiqladi.

Timur Rahmonov 2024 yil 13 mart kuni Özbekistonning yangi tayinlangan elçisi sifatida Riga şahriga borgan edi. Uşbu lavozimga tayinlanişidan oldin u 2021-2024 yillarda mamlakatimizning Novosibirsk şahridagi boş konsuli bölib işlagan.

Timur Rahmonov 2024 yil 17 iyun kuni Özbekiston elçisi sifatida Latviya prezidenti Edgars Rinkeviçsga, şuningdek, 2025 yil 11 fevral kuni Litvadagi elçi sifatida (qarorgohi Riga şahrida joylaşgan) uşbu davlat prezidenti Gitanas Nausedaga işonç yorliqlarini topşirgan.