Prezident Donald Tramp Qöşma Ştatlarda yaşaş huquqini beruvçi «oltin karta» qanday dizaynda bölişini körsatdi.

«Bilasizmi, bu nima?» - deb söradi u Air Force One samolyoti bortida jurnalistlar bilan suhbat çoğida kartani körsatib. Keyin ozi javob berdi: «Bu oltin karta, Trampning kartasi. Beş million dollar evaziga bu sizniki bölişi mumkin».

Kartaning özi bank kartasidan biroz kattaroq bölib, Ozodlik haykali fonida Trampning portretini aks ettiradi. Öng tomonda «The Trump Card» deb yozilgan va prezident imzosi bor.

Tramp sözlariga köra, karta ikki hafta içida sotuvga çiqariladi. 

Donald Tramp «oltin karta» dasturi haqida fevral oyi oxirida e’lon qilgandi. U xorijliklarga AQŞga 1 million dollar miqdorida sarmoya kiritiş evaziga grin-karta taklif qiluvçi EB-5 dasturini almaştirişga möljallangan. «Oltin karta» AQŞda doimiy yaşaş huquqini beradi va beş million dollar evaziga AQŞ fuqaroligini olişga yöl oçadi.

Trampning sözlariga köra, kartalar savdosidan tuşgan pullar budjet taqçilligini qoplaş uçun işlatilişi mumkin. Yangi vizaga da’vogarlar tekşiruvidan ötişi kerak, ammo tafsilotlar berilmagan.

Avvalroq, AQŞ Savdo vaziri Hovard Lyutnik bir kun içida çet elliklarga mamlakatda doimiy yaşaş huquqini beruvçi 1000 ta «oltin karta»ni sotganini aytgan edi.