Global isiş tufayli Antarktida va boşqa qit’alar orasida joylaşgan Janubiy okean atmosferadan yutgan issiqlikni asta-sekin qaytarib çiqarişi natijasida, uzoq muddatli istiqbolda Şarqiy Osiyo va AQŞning ğarbiy hududlarida yoğingarçilik miqdori ortadi. Bu haqda Kornel universiteti boşçiligida ötkazilgan tadqiqotda söz boradi.
Qayd etilişiça, Janubiy okean boşqa dengiz va okeanlarga nisbatan issiqlikni köproq yutiş xususiyatiga ega. Sababi – uning tubidagi sovuq suvlar kuçli kötariladi, biroq vaqt ötişi bilan uşbu suvlar isiydi va issiqlikni atmosferaga qaytaradi.
Natijada issiqlik taqsimlanib, «telekonnektorlar» şakllanadi va Şarqiy Osiyoda yozgi va AQŞning ğarbiy qismida qişki yoğingarçilik miqdori ortadi. Bu kabi telealoqalar El-Nino iqlim hodisasining ta’siriga öxşab ketadi.
Tadqiqot modelidagi prognozlarga köra, okean issiqlikni sekin çiqarişi sababli uşbu yoğingarçilik özgarişlari 150 yilgaça davom etişi mumkin — bu hatto issiqxona gazlarini kamaytirişga qaratilgan harakatlar olib borilsa ham sodir böladi.
Tadqiqot, şuningdek, Janubiy okean ustidagi bulutlar dengiz yuzasi haroratini muvozanatlaştiruvçi asosiy omillardan biri ekanini aniqlagan. Antarktidada Janubiy okeandagi bulutlar örtasidagi qayta aloqa töğrisida ma’lumotlarni taqdim etişi mumkin bölgan kuzatuv obektlari kam, şu bois ularning soni oşişi, öz navbatida prognozlarni yaxşilaşga xizmat qilişi mumkin.









