AQŞ kongressi senati AQŞning sobiq prezidenti Donald Trampni impiçment jarayoni doirasida oqladi.
Impiçment e'lon qiliş uçun ayblov hukmini çiqarişga 100 nafar senatordan kamida 67 nafari ovoz berişi kerak edi. Biroq impiçmentni 57 senator qöllab-quvvatlagan, 43 senator unga qarşi çiqqan. Şu tariqa, demokratlarning Trampga impiçment e'lon qilişga urinişi ham muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi.
Trampga nisbatan impiçment jarayoni uning 6 yanvarda Vaşingtonda öz tarafdorlari oldidagi nutqi sababli boşlangandi. Öşa kuni Trampning tarafdorlari uning sözlaridan keyin kongress binosiga bostirib kirib, tartibsizliklar uyuştirişgan.
Vakillar palatasida Trampga isyonga çorlaş ayblovi qöyilgan. Senatdagi jarayonda vakillar palatasi a'zolari ayblovçilar, senatorlar esa hukm çiqaruvçilar sifatida iştirok etişdi.
AQŞ tarixida birinçi bor bir prezidentga nisbatan ikki marta impiçment e'lon qilindi. Demokratlar Trampni hokimiyatdan çetlatişga birinçi urinişni 2019 yilda amalga oşirişgandi. Öşanda quyi palata ayblovni qöllab-quvvatlagan, biroq respublikaçilar köpçilikni taşkil qilgan Senat Trampni oqlagandi.
- Agar Senat Trampning impiçmenti uçun ovoz berganida, u prezidentlik saylovlarida iştirok etiş huquqidan mahrum qilinardi.
- Avvalroq amerikaliklar örtasida ötkazilgan sörovnomada, ularning köpçilik qismi Tramp mamlakat siyosiy hayotiga qaytişi kerak emas deb hisoblaşini bildirgandi. Sörovnoma iştirokçilarining 54 foizi mamlakatning 45-prezidenti siyosatdan butunlay ketişini istaşini bildirgan.












