Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol Seul janubidagi Uyvang qamoqxonasini tark etdi, deb xabar berdi Yonhap. Uni tergov izolyatori darvozasi oldida tarafdorlari kutib oldi.

«Men sudning jasorati va xatoni tuzatişdagi qat’iyatini qadrlayman», dedi Yun va saylovçilarga minnatdorçilik bildirdi.

Yun Sok Yol hibsda 52 kun ötirdi.

7 mart kuni sud siyosatçining arizasini qanoatlantirib, uning hibsga olinişini bekor qildi. Biroq, isyonga uriniş işi böyiça tergov davom etmoqda.

2024 yil dekabr oyi boşida Yun Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilişga urindi. Keyinçalik unga impiçment e’lon qilindi va isyonda ayblandi. Yanvar oyi oxirida siyosatçi hibsga olindi. Yun harbiy holat e’lon qiliş qarorini Janubiy Koreyani «Şimoliy Koreya kommunistik kuçlari tahdididan» himoya qiliş istagi bilan izohlagan edi.