RF qurolli kuçlari 4 aprel kuni keçqurun Kriviy Rih böylab raketa zarbasi yölladi. Zarba turar joy kvartaliga töğri kelgan va köplab qurbonlarga sabab bölgan. Sönggi ma’lumotlarga köra, zarba oqibatida halok bölganlar soni 19 nafarni taşkil etmoqda. 5 aprel kuni Kriviy Rih mudofaa kengaşi rahbari Oleksandr Vilkul qurbonlarning deyarli yarmi – bolalar bölganini aytdi. Yana 68 kişi jarohatlangan, şundan 40 nafari şifoxonaga yotqizilgan. Şuningdek, 34 ta köp kvartirali uy, oltita öquv binosi, dökonlar, umumiy ovqatlaniş joyi hamda boşqa fuqarolik infratuzilma obektlari şikastlangan. Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi ma’lumotiga köra, Rossiya maksimal zarar yetkaziş uçun kassetali öq-dorilarga ega «Iskander M» raketasini qöllagan. RF mudofaa vazirligi esa, öz navbatida, Kriviy Rihdagi restoranlardan birida yiğilgan ukrainalik harbiylar ustiga «yuqori aniqlikdagi zarba» berilganini xabar qilgan.

Kriviy Rigga qilingan hujumni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy izohladi. «Rossiya har kuni zarba beradi. Har kuni odamlar halok bölmoqda. Buning davom etişiga birgina sabab bor: Rossiya öt oçişni töxtatişni istamayapti va biz buni körib turibmiz. Buni butun dunyo körib turibdi. Har bir raketa, har bir hujumkor dron Rossiya faqat uruşni xohlaşini isbotlaydi», — deb yozgan Zelenskiy. Bir kun avval ham Rossiyaning uşbu şaharga bergan raketa zarbasi oqibatida kamida tört kişi halok bölgan, yana 14 kişi yaralangandi.

Kriviy Rihda RF qurolli kuçlarining 4 aprel kungi raketa zarbasidan şikastlangan köp kvartirali uy
Dnipropetrovsk ma’muriyati rahbari Sergeya Lisakning Telegram-kanali / Reuters / Scanpix / LETA
Raketa zarbasi kelgan joyda yonib ketgan avtomobil
Ukraina FVDX / EPA / Scanpix / LETA
Kriviy Rihda yaşovçi ayol Rossiya raketasi öldirgan erining qölidan tutib turibdi
Na Chasi media / AP / Scanpix / LETA
Raketa zarbasidan jabrlangan hududning 5 aprelga ötar keçasidagi umumiy körinişi
Violeta Santos Moura / Reuters / Scanpix / LETA