Andijon şahrida yaşovçi şaxs Özbekiston fuqarolarini Rossiya-Ukraina uruşiga yollaşga urinib kelgani ma’lum böldi. Sud hukmi bilan u jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.
Sud hukmida keltirilişiça, Andijon şahrida yaşovçi, 1985 yilda tuğilgan Furqatbek Hasanov taksiçilik faoliyati bilan şuğullangan. U rossiyalik “Dmitriy Robertoviç” ismli şaxs bilan Özbekiston fuqarolarini Rossiya-Ukraina uruşiga yollaş böyiça jinoiy til biriktirgan. Furqatbek Hasanov uruşga yollangan har bir özbekistonlik uçun 1000 dollar oliş böyiça kelişuvga erişgan.
Şundan söng, taksi haydovçisi 2024 yilning iyul oyida Özbekiston fuqarolari F.N., J.I., B.J., tergov va sudda şaxsini aniqlaşning imkoni bölmagan «Şaxzod» va «Şukrullo» ismli şaxslar va boşqalarni yollaşga uringan. Furqatbek Hasanov maşinasiga yölovçi sifatida mingan odamlarga Rossiya-Ukraina örtasidagi harbiy harakatlarda Rossiya tomonidan iştirok etişsa katta miqdorda pul, Rossiya davlati fuqaroligi hamda köplab imtiyozlar berilişini aytgan.
Aksariyat fuqarolar taksiçining “şirin va’dalari”ga uçmagan bölsa-da, bunga qiziqiş bildirgani ham topilgan. Jumladan, Furqatbek Hasanov fuqaro F.O.ni yollab, çipta olib bergan holda uni Rossiyaga jönatib yubormoqçi bölganida Farğona xalqaro aeroportida uşlangan.
Furqatbek Hasanov sudda aybiga töliq iqrorlik bildirgan.
“2010 yilda Rossiyaga borib, tiş yuviş pastasi işlab çiqaruvçi zavodda işladim. Zavod rahbari Dmitriy Robertoviç bilan yaqindan tanişib qoldim. 2023 yil dekabr oyi örtalarida Dmitriy Robertoviç WhatsApp orqali qönğiroq qilib, Rossiya va Ukraina örtasida qurollari töqnaşuvlar bölgan hududlarga borib non yopişni yoki quriliş işlarida işlaş mumkinligini ma’lum qildi. Unga Rossiyaga borişga deportatsiyam borligini, boşqa Özbekiston fuqarolarini topib, ularni işga jalb qiliş mumkinligini aytdim.
Maşinamga yölovçi bölib çiqqan va çet davlatlarda işlaş niyati bor şaxslarga Dmitriy tomonidan va’da qilingan iş va takliflarni aytib, bir neçta şaxslar bilan telefon raqamimni almaşdim. Ularga Rossiyada yaxşi iş borligini, heç qanday xarajati yöqligini, Rossiya va Ukraina örtasida uruş bölib ötgan joylarda tozalov, atrofni qöriqlaş işlari bölişini, harbiy kiyim, qurol va ofitser unvoni taqdim etilişini, 6 oyga şartnoma tuzilişini, oyiga 2500-3000 dollar oylik hamda turli imtiyozlar berilişini, xususan, Rossiya fuqaroligini olişlari ham mumkinligini aytdim.
Dmitriy Robertoviç har bir yuborgan odamim uçun 400 dollardan 1000 dollargaça pul tölanişi haqida vada qildi













