AQŞ rasmiylarining anonimlik şarti bilan Reuters agentligiga ma’lum qilişiça, sönggi haftada AQŞ Eron va Yamanning qöl yetişi mumkin bölgan hududidagi harbiy bazaga «stels» texnologiyasi bilan jihozlangan va Amerikaning eng oğir bombalarini olib yurişga qodir oltita qöşimça harbiy samolyotini joylaştirgan.
Eron bunga javoban Amerikaning mintaqadagi katta harbiy iştiroki ular «şişa devorli xonadaligi» va «toş otmasligi» kerakligini anglatişini bildirdi.
Eron, şuningdek, Çagos arxipelagidagi Diyego-Garsiya orolida joylaşgan harbiy bazani bombardimon qiliş bilan tahdid qildi – bu Hind okeanidagi Britaniya hududi bölib, hozirda uni Mavrikiyga topşiriş jarayoni ketmoqda. Avvalroq Eron bunday imkoniyatga ega ekanini ma’lum qilmagandi.
«Raketa şaharlari» deb ataladigan bu şaharlar nimani anglatadi, nima uçun Eron ular haqida aynan hozir gapirişga qaror qildi va bu Yaqin Şarqdagi ehtimoliy mojaro uçun nimani anglatadi?
Eronning «raketa şaharlari» nima?

«Raketa şaharlari» – Islom inqilobi muhofizlari korpusi tomonidan yirik yerosti raketa bazalarini ifodalaş uçun işlatiladigan atama. Uşbu bazalar butun mamlakat böylab tarqalgan, bir-biri bilan çambarças boğlangan çuqur tunnellar majmuasidan iborat bölib, ularning aksariyati strategik jihatdan muhim toğli hududlarda joylaşgan.
Ular ballistik va qanotli raketalarni, şuningdek, boşqa strategik qurollarni – uçuvçisiz uçoqlar va havo hujumidan mudofaa tizimlarini saqlaş, uçirişga tayyorlaş va uçiriş uçun işlatiladi.
Korpus qömondonlarining sözlariga köra, bu raketa şaharlari – şunçaki qurol-yaroğ omborlari emas. Ularning ba’zilari – bir vaqtning özida «jangovar navbatçilikka qöyişdan oldin raketalarni işlab çiqariş va tayyorlaş uçun» zavodlar ham hisoblanadi.
Uşbu raketa bazalarining aniq joylaşuvi noma’lum va heç qaçon rasman oşkor etilmagan.
Islom inqilobi muhofizlari korpusi aerokosmik kuçlari qömondoni, brigada generali Amir Ali Hojizoda IRIB davlat teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida eng yangi «raketa şahri»ni taqdim etdi. Videoda yer ostida çuqur joylaşgan ballistik raketalar va kamikadze-dronlar aks etgan. Bu videoda aynan nima tasvirlanganini mustaqil ravişda tekşirib bölmaydi.












