France24 telekanali 4 aprel kuni Kriviy Rihda Rossiya qöşinlari raketa zarbasiga duçor bölgan restoranga örnatilgan kuzatuv kameralaridan olingan kadrlarni namoyiş etdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi raketa «bölinmalar komandirlari va ğarblik instruktorlar yiğilişi» bölib ötayotgan restoranga otilganini ma’lum qilgandi.
France24 tomonidan e’lon qilingan videoda esa harbiylar körinmagan. Telekanal muxbiri zarba vaqtida restoranda bölgan va jarohatlar bilan şifoxonaga yotqizilgan ikki ayol bilan suhbatlaşdi. Ular «gözallik forumi»da iştirok etganliklarini tasdiqlagan.
Avvalroq «Sistema» loyihasi Rossiya raketasi kelib tuşgan hududda RoseMarine nomli (avval «Magellan» deb atalgan) birgina restoran joylaşgani, bu yerda öşa kuni gözallik sanoati xodimlari forumi ötkazilganini aniqlagandi.
Tadbir taşkilotçisi bölgan «Kriviy Rih biznes ittifoqi» bu haqda 24 fevral kuni öz telegram-kanalida va boşqa mahalliy kanallarda anons bergan. Postlar tahrirlanmagan va oldindan e’lon qilingan.
Uyuşma vakili naşrga 4 aprel kuni mazkur restoranda çindan ham gözallik forumi bölib ötganini tasdiqlagan. Uning sözlariga köra, tadbir taxminan tört soat davom etgan va iştirokçilarning asosiy qismi 18:30 atrofida tarqalgan. Rossiya mudofaa vazirligi ma’lumotida restoranga zarba soat 18:49 da yöllangani aytilgan. «Sistema» suhbatdoşining sözlariga köra, forum bilan bir vaqtda restoranda tuğilgan kun bölib ötgan, unda yoşlar va bolalar köp edi.
Kriviy Rih böylab 4 aprel kuni berilgan zarba oqibatida 20 kişi halok bölgan, şundan töqqiz nafari bolalar. Önlab kişilar jarohatlangan va şifoxonaga yotqizilgan.













