AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington Tehron bilan töğridan töğri muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi. «Biz Eron bilan töğridan töğri muzokaralar olib bormoqdamiz va ular allaqaçon boşlandi», dedi u 7 aprel, duşanba kuni Oq uyda Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan uçraşuvdan söng jurnalistlarga.
Oq uy rahbarining sözlariga köra, «töğridan töğri, amaliy jihatdan eng yuqori darajadagi juda muhim uçraşuv» kelasi şanba, 12 aprel kuni bölib ötişi rejalaştirilgan.
«Menimça, kelişuv imzolanişi afzalroq bölişi aniq», — deya qöşimça qildi Tramp. Aks holda, muzokaralar natija bermasa, u Eronga «katta xavf» bilan tahdid qilgan. «Eron yadro quroliga ega böla olmaydi va agar muzokaralar muvaffaqiyatli bölmasa, menimça, bu Eron uçun juda yomon kun böladi», deb ta’kidladi Oq uy rahbari.
Tramp Netanyahu bilan uçraşuvida Eron masalasini muhokama qilganini aytdi.









