AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiyani Ukrainani bombardimon qilişni töxtatişga çaqirdi. «Biz Rossiya bilan gaplaşyapmiz. Ular töxtaşini istardik. Menga bombalaşlari yoqmaydi. Bombardimon qiliş esa davom etmoqda va davom etmoqda. Har hafta odamlar va minglab yoşlar halok bölmoqda», – dedi Tramp jurnalistlarning Rossiya bilan muzokaralar haqidagi savoliga javob berarkan.
6 aprel kuni Air Force One samolyoti bortida OAV vakillari bilan muloqot çoğida Tramp uruş – «heç qaçon boşlanmasligi kerak bölgan dahşatli narsa» ekani haqidagi sözlarini takrorladi. Uning sözlariga köra, agar 2022 yilda prezident lavozimini u egallaganida, uruş boşlanmasligi 100 foizga kafolatlangan bölardi.
Kreml Trampning sözlariga javoban Rossiya prezidenti Vladimir Putin «öt oçişni töxtatiş zarurligi haqidagi ğoyani qöllab-quvvatlaşini, biroq bungaça bir qator savollarga javob beriş kerakligi»ni aytdi. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov 7 aprel kuni jurnalistlar uçun ötkazilgan brifingda şunday bayonot berdi.
«Bu savollar heç kim javob bermaguniça havoda muallaq turibdi. Bu Kiyev rejimining nazoratsizligi bilan ham, Kiyev rejimi öziga böysunmaydigan bir qator ekstremistik va millatçi bölinmalarning harakatlarini nazorat qila olmasligi bilan ham boğliq. Bu Kiyevni yanada harbiylaştiriş rejalari va hokazo va hokazolar bilan ham boğliq», – dedi Peskov (iqtibos «Vy sluşali Mayak» telegram-kanalidan).
Öt oçişni tezroq töxtatiş zarurligi haqidagi fikrga qöşilgan holda, biz öz manfaatlarimizni ta’minlaşimiz va men aytgan jihatlarga oydinlik kiritişimiz kerak.
RF qurolli kuçlari muntazam ravişda Ukraina hududlariga zarbalar bermoqda. Sönggi vaqtlardagi eng halokatli zarbalardan biri 4 aprel kuni keçqurun «Iskander-M» raketa kompleksidan uçirilgan Rossiya raketasi Kriviy Rihdagi turar joy kvartaliga kelib tuşişi böldi. Sönggi ma’lumotlarga köra, 20 kişi halok bölgan, 70 dan ortiq kişi jarohatlangan. Ukraina rasmiylari turar joy binolari zarbaga uçraganini ma’lum qildi. Rossiya mudofaa vazirligi şahardagi restoranlardan birida yiğiliş ötkazayotgan ukrainalik harbiylar hujum nişoni bölganini iddao qildi.













