Ukraina rahbarining sözlariga köra, u bu borada Oliy Boş qömondon yiğilişini ötkazgan.
«Eng asosiysi — Ukrainada dronlar işlab çiqariş borasida hisobotlar tinglandi; işlab çiqarişni maksimal darajada oşiryapmiz. Bu dronlar turlarining butun turkumi böyiça amalga oşirilyapti: «mavik»lardan tortib uzoq masofali dronlargaça, şuningdek, yerda harakatlanadigan robotlaştirilgan majmualarni işlab çiqariş imkoniyatlarimizni ham oşiryapmiz», — deya ta’kidladi Ukraina prezidenti.
Zelenskiy ta’kidlaşiça, Ukrainaga uçuvçisiz qurilmalarning barça zarur tarkibiy qismlarini jangçilarga yetkazib beriş böyiça işlab çiqariş va ta’minotda barqaror, doimiy ösiş kerak. Bu borada joriy yil uçun yaxşi istiqbollar mavjud.
Uning sözlariga köra, Ukrainada alohida ravişda optik tola asosida işlaydigan dronlar işlab çiqarilmoqda — bu dronlarga qarşi radioelektron kuraş tizimlari samarasiz hisoblanadi.
Joriy yil boşidan beri Ukrainada şunday dronlarning 20 ta yangi, sertifikatlangan namunasi paydo bölgan. Ularni işlab çiqarişni allaqaçon 11 ta ukrain korxonasi özlaştirgan.
Hozirgi asosiy vazifa — imkoni boriça kengroq miqyosda işlab çiqariş va yetkazib berişga erişiş. Zelenskiy ta’kidlaşiça, u şartnomalarni maksimal miqdorda tuziş böyiça topşiriq bergan.
«Dipstrayklar (ya’ni, uzoq masofali dronlar) böyiça ham ijobiy dinamika bor: aniq raqamlarni aytolmayman, lekin şu yil oxiriga qadar Mudofaa kuçlarimiz uçun zarur hajmni ta’minlaymiz», — dedi Ukraina prezidenti.












