Ilon Mask rahbarlik qilayotgan Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) xodimlari AQŞ prezidenti Donald Trampga nisbatan sadoqatsizlik alomatlarini aniqlaş maqsadida sun’iy intellektdan foydalanib kamida bitta federal agentlikning xabarlarini kuzatmoqda. Bu haqda Reuters agentligi öz manbalariga tayanib xabar berdi.
Bundan taşqari, DOGE xodimlari muloqot uçun Signal messenjeridan foydalanyapti, «bu esa qaydlarni yuritiş qoidalarini potensial buziş hisoblanadi, çunki uşbu messenjerda xabarlar ma’lum vaqt ötgaç öçib ketişi mumkin».
Ma’lumotlarga köra, sun’iy intellekt va Signal messenjeridan foydalanilişi kiberxavfsizlik böyiça mutaxassislar orasida «xavotirlarni kuçaytirgan». Ularning fikriça, Mask va Tramp ma’muriyati sun’iy intellekt yordamida töplangan ma’lumotlardan «öz manfaatlarini ilgari suriş yoki siyosiy sabablarga asoslangan ta’qiblarda» foydalanişi mumkin.
Reutersʼning yozişiça, Atrof-muhitni muhofaza qiliş agentligida Tramp vakillari ayrim xodimlarga Maskning jamoasi AQŞ prezidenti va DOGE rahbariga nisbatan duşmanona munosabatda bölganlarni aniqlaş uçun xabarlarni monitoring qilişda sun’iy intellektni joriy etayotganini aytgan.
Ilon Mask — Donald Trampning asosiy maslahatçilaridan biri. U Tramp AQŞning 47-prezidenti sifatida lavozimga kirişganidan keyin Hukumat samaradorligi departamenti rahbariga aylandi. DOGE Amerika hukumatining iş samaradorligini oşiriş, jumladan, «samarasiz» amaldorlarni işdan böşatiş bilan şuğullanadi. Yanvar oyida iş boşlagan departament 1,5 yildan keyin faoliyatini töxtatişi kerak. CNN’ning mart oyidagi hisob-kitoblariga köra, DOGE faoliyati davomida federal agentliklardan 121 mingdan ortiq odam işdan böşatilgan.









