DW agentlik xabariga tayanib yozişiça, sörovni tört nafar respublikaçi va beş nafar demokrat senator yuborgan. Ular aloqa tizimlariga kiritilgan çeklovlarda AQŞ rasmiylarining iştiroki bor-yöqligini aniqlaşni söragan.

Oktabr oyida Ukraina rasmiylari Starlink va uning harbiy yönalişdagi Starshield tizimidagi çeklovlar Rossiyaning yuqori tezlikda uçuvçi dronlarini tutib qoliş imkoniyatiga taʼsir qilganini bildirgan edi.

Senatorlar nimani aniqlamoqçi?

Murojaatda Pentagon yoki AQŞ hukumatining boşqa vakillari Ukrainaga daxldor razvedka maʼlumotlarini almaşiş, ogohlantiriş imkoniyatlari hamda Starlink va Starshield xizmatlarini özgartiriş böyiça körsatma bergan-bermaganini tekşiriş söralgan.

Senatorlar bunday özgarişlar rasmiylar bilan kelişilganmi, ular tomonidan maʼqullanganmi yoki ular bu haqda batafsil maʼlumotga ega bölganmi, degan savollarga ham javob kutgan.

AP bilan ismi oşkor etilmasdan suhbatlaşgan Kongress xodimi boş inspektorning javobini tekşiruv ötkazişdan boş tortiş sifatida baholagan. Agentlikka köra, bu holat qonun çiqaruvçilarda Pentagon va uning mustaqil nazorat idorasi Ilon Maskning mudofaa aloqalariga taʼsiriga qarşi çiqişni istamayaptimi, degan xavotir uyğotgan.

Mask çeklovlarni tasdiqlagan

24-oktabr kuni Ilon Mask SpaceX Ukrainada Starlink işiga çeklov kiritganini tasdiqlagan. U buni foydalaniş şartlari buzilgani bilan izohlab, Ukraina Qurolli kuçlarini tizimdan hujumkor dron zarbalarida foydalanişda ayblagan.

Mask, şuningdek, Starshield boşqa tizim ekani va AQŞ hukumati nazoratida turişini taʼkidlagan. Uning sözlariga köra, uşbu tizimdan qanday foydalanişni Vaşington hal qiladi.

Öşa kuni Ukraina mudofaa vaziri Yevgeniy Xmara Starlink va Starshield aloqasi soatiga 400 kilometrdan yuqori tezlikda harakatlaniş şaroitida ham qayta işlay boşlaganini maʼlum qilgan.

Uzilişlar 14-oktabrda boşlangan

Xabarga köra, muammolar 14-oktabrga ötar keçasi Starshield terminallari yuqori tezlikda harakatlanayotganda aloqani yöqota boşlaşi bilan kuzatilgan. Ertasi kuni tizim işi tiklangani bildirilgan, biroq köp ötmay yana uzilişlar qayd etilgan.