AQŞ prezidentining elçisi Stiv Uitkoff korteji Ummon poytaxti Maskatdagi Eron bilan muzokaralar joyidan çiqib ketdi, deb xabar berdi AP. Bu haqda Meduza yozdi.

Eron va AQŞ delegatsiyalarining Ummondagi muzokaralari yakunlandi, deb xabar berdi Tasnim agentligi. Muzokaralarning ikkinçi raundi 19 aprel kuni yana Ummonda bölib ötadi.

Eron delegatsiyasiga taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçiy, Amerika delegatsiyasiga esa AQŞ prezidentining Yaqin Şarq böyiça vakili Stiv Uitkoff boşçilik qildi.

Eron Taşqi işlar vazirligi vakili Ismoil Baqoiy sözlariga köra, Tehron va Vaşington vakillari alohida xonalarda ötirdi, Ummon vositaçilari orqali xabar almaşildi.

«Muzokaralar mintaqadagi keskinlikni yumşatiş, mahbuslarni almaşiş va Eron yadroviy dasturi ustidan nazorat örnatiş evaziga [Eronga qarşi] sanksiyalarni yumşatiş böyiça çeklangan kelişuvlarga e’tibor qaratdi», dedi ummonlik manba.

Muzokaralar oldidan Aroqçiy Maskatda Ummon taşqi işlar vaziri Badr al-Busaydiy bilan uçraşib, «Tehronning Amerika tomoniga yetkazilişi kerak bölgan asosiy nuqtalari va pozitsiyalarini» taqdim etdi.

Avvalroq, Eron AQŞ bilan muzokaralarda muvaqqat yadroviy bitimni muhokama qilişni taklif etişi mumkinligi aytilgan edi. Eron rasmiylari AQŞ prezidenti Donald Tramp ta’kidlaganidek, texnik jihatdan murakkab keng qamrovli bitim ikki oy içida kelişib olinişi mumkinligiga şubha qilmoqda.

2019 yilda AQŞ avvalgi yadroviy kelişuvdan çiqqanidan keyin Eron yadroviy tadqiqotlarni qayta boşlagan edi. AQŞ razvedkasi Eron bir neça oy içida yadro qurolini yaratişi mumkinligiga işonadi. Tramp Eronning yadro quroliga ega bölişiga qarşi ekanini aytgan.