AQŞ-Xitoy savdo uruşi avj pallasiga çiqdi. Tramp tinçlik haqida gapirib, 1 trillion dollarlik mudofaa budjetini e’lon qildi. Netanyahuning AQŞga safari köngildagidek ötmadi. Ukraina ilk marta xitoylik askarlarni asir oldi. AQŞ-RF muzokaralarni davom ettirmoqda, lekin tinçlik yölida sezilarli siljiş kuzatilmayapti.

Joriy haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz’ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida tahlil qilindi.

— Tramp Xitoyga bojlarni 125% ga kötaryapti, qolgan 186 davlat bilan kelişiş uçun qarorni 90 kunga keçiktirdi. Xitoy bilan kelişib bölmaydimi, sabab nima?

Abduvali Soyibnazarov: Haqiqatda şu kunlarda Donald Trampning goh bayonot berib, goh ortga çekinişi albatta dunyo bozorlarini ham nihoyatda larzaga solib taşladi. Ya’ni bojlar haqidagi dastlabki bayonotda moliyaviy fondlarda birdaniga qulaş kuzatildi. Keyinroq 186 davlat bilan tariflar siyosati 90 kunga keçiktirilgaç fond bozori yana kötarilişni boşladi. Mening nazarimda, bu yerda asosiy gap Xitoy Xalq Respublikasi, ya’ni Donald Trampning maqsadi Xitoy Xalq Respublikasining Amerika Qöşma Ştatlari iqtisodiyotiga yetib olmasligi. Tramp aytyaptiki, AQŞning hamkorlari iqtisodiy va harbiy jihatdan manfaat körayotgani, lekin Vaşington yetarliça nafga erişmayotganini da’vo qilyapti. E’lon qilingan bojlar sabab Yevropa Ittifoqi bilan Xitoy Xalq Respublikasi birgalikda AQŞga qarşi turiş uçun yaqinlaşyotganini ham köriş mumkin. Masalan, Ispaniya rasmiylari Pekinga borib muzokaralar olib bormoqda.

Fazliddin Madiyev: Donald Tramp hokimiyatga kelganda uni tuşuniş juda murakkab edi, lekin ayni vaqtga kelib uning taşqi siyosati oydinlaşmoqda, Ya’ni Donald Trampning asosiy maqsadi nima?! Amerikalik sifatida uning maqsadi AQŞdagi boylar öz mamlakat aholisini öylagani yöq, AQŞda işçi kuçi qimmatligi sababli korxonalarni arzon işçi kuçi mavjud bölgan davlatlarga olib çiqqan, asosan Xitoyga köçirilgan. AQŞda işlab çiqarilgan texnologiyalar hammasi Xitoyda yoki Osiyo mamlakatlariga köçib ketdi. Qaçongaça AQŞ faqat armiyalar bilan taşqi dunyoni qörqitib turadi degan savollarni örtaga taşladi.

Xitoy va AQŞning bojlar uruşi qaysi bosqiçgaça davom etadi?

Bektoş Berdiyev: Mening fikrimça, Donald Trampning oxirgi çiqişlaridan ham buni körişimiz mumkinki, u köproq Xitoy tomonining qönğiroq qilib, u bilan uçraşib, kerak bölsa unga boş egişini xohlamoqda. Lekin Xitoy tomoni ham yon bermoqçi emas va ziddiyatda oxirigaça kuraşişi oydinlaşyapti. Xitoy tomoni ham tabiiyki juda katta zarar köradi, bu masala Xitoyning içki işlab çiqariş, iqtisodiy salohiyatiga sezilarli zarba berişini tuşunib turibdi. Lekin Xitoy AQŞ tomon bir qadam taşlaydigan bölsa, undan keyin Tramp yana boşqa talablarni ham ilgari surişi mumkin. Şuning uçun Xitoy tomoni hozirça şoşmayapti. Sönggi ma’lumotlarga köra, Tramp Xitoyga bojlarni 145% qilib belgilayapti, natijada Qöşma ştatlarda nafaqat narx kötariladi, balki mahsulot olib kiriş ham keskin kamayib ketsa kerak. Fikrimça, Tramp bu ziddiyatda Xitoyga yon beradi va bojlar masalasini körib çiqadi.

Şuhrat Rasul: Asosiy masala ikki davlat savdo balansining Xitoy foydasiga aks etayotgani. Aslida AQŞ-Xitoy Jahon savdo taşkiloti doirasida kelişuvlarga ega, lekin Trampning da’vosi şu Jahon Savdo Taşkiloti nizomini buzib, şunçaki zarar haqida gapirib, göyoki savdo balansi bizning zararimizga işlayapti deyapti.

Undan taşqari 186 ta davlatga turli foizlardagi bojlatni 90 kunga keçiktirdi,

Oq uydan çiqayotgan har bir bayonot dunyo siyosatida özgarişlarga sabab böladi, xöş, bunday qarorlar qabul qilişga kim undayapti, Tramp ikkinçi safar saylangan payti u özining kuyovi Kuşnerga iqtisodiy masalalarda maslahatçi kerak deb aytgan va u Amazon kompaniyasining yetakçi menejeri bölib işlayotgan Piter Navarro degan bir şaxsni tavsiya qilgan. Aynan şu odam Trampga bojlar masalasida turli maslahatlar beryapti, bu haqida AQŞ matbuotida fikrlar ham yangradi.

Öylaymanki, bojlar uruşining yakunida Tramp bu tariflarni bekor qiladi yoki qisman saqlab qolib, Xitoyni yengdim degan bayonot bersa kerak.

Tahlilçilar şuningdek Trampning Netanyahu bilan sovuqlaşgan munosabatlari, AQŞ-Rossiya örtasidagi muzokaralar, AQŞning Panama kanali borasidagi pozitsiyasi hususida ham öz fikrlarini bildirişdi.

Suhbatni töliq şaklda YouTube sahifada tomoşa qilişingiz mumkin.