AQŞ energetika vaziri Kris Rayt ma’lum qilişiça, Tramp ma’muriyati davrida energiya resurslari narxi avvalgi ma’muriyat davridagiga nisbatan past böladi. Bu haqda u Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyoddagi brifingda aytdi. Uning sözlarini Bloomberg agentligi keltirmoqda.
«Prezident Tramp rahbarligida keyingi tört yilda biz sönggi tört yilga qaraganda ança past energiya narxlariga guvoh bölamiz», — dedi Rayt.
Buni ta’kidlar ekan, vazir aniq raqamlar va narx körsatkiçlarini keltirmagan.
Jo Bayden ma’muriyati davrida AQŞ energetika siyosati masalasida Saudiya Arabistoni bilan bir neça marta ziddiyatga borgan. Buning sababi — Vaşingtonning neft qazib oliş hajmini oşiriş va inflatsiyaga qarşi kuraşiş maqsadida narxlarni pasaytiriş iltimoslarining saudiyaliklar tomonidan inkor etilişi bölgan.
Bloomberg ma’lumotlariga köra, 2017–2021 yillarda neftning örtaça narxi bir barreli uçun 83 dollar atrofida bölgan.
«Men hozir neft narxi qayerda ekani yoki qaysi tomonga ketayotgani haqida izoh berolmayman. Ammo agar investitsiyalar uçun tösiqlar kamaytirilsa, infratuzilmani quriş osonlaştirilsa, energiya manbalari yetkazib beriş xarajatlari ham kamayadi», — degan vazir Rayt.
Avvalroq Donald Trampning harakatlari neft narxini 2021 yil fevraldan buyon eng past darajaga tuşirgani ma’lum qilingan edi.












