Ukraina Isroil tajribasini qöllagan holda, ayollar uçun ham majburiy harbiy xizmatni joriy qilişi kerak. Bu haqda prezident ofisi rahbarining örinbosari Pavel Palista Bihus.Inföga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Palisa öz taşabbusini tuşuntirar ekan, Rossiya tomonidan böladigan tahdid uzoq davom etişini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, yaqin 10-30 yilda ukrainlar «barçasi takrorlanişi mumkinligini tuşungan holda yaşaşga majbur». «Yetarli darajada kuçli böliş va fuqarolarni armiyaga jalb etişda nyunaslar bölmasligi, odamlarda barça xizmat qilişi kerakligi böyiça tuşunça paydo bölişi uçun ma’lum ötiş davrlarini öylab çiqiş lozim», — deydi Palisa.

Uning ta’kidlaşiça, bunday talab Konstitutsiyada mavjud va uni ayollarga nisbatan ham tatbiq etişga çaqirdi. Palisaning fikriça, ijtimoiy tölovlar, davlat lavozimlari va budjet hisobidan ta’lim uçun fuqaro armiyada harbiy xizmatni ötagan bölişi kerak.

Palisaning qöşimça qilişiça, şu orqali aholida «Qurolli kuçlar nima ekani borasida kengroq tasavvur paydo böladi». «Agar farzandlarimiz baxtli böladigan davlat qurmoqçi bölsak, bu tuşunça avloddan avlodga ötişi kerak», — deydi u. Şu bilan birga, Palisa bu uning şaxsiy fikri ekani va prezident ofisi unga qöşilişiga işonçi komil emasligini bildirgan.

Sentyabr oyi ma’lumotlariga köra, Ukraina Qurolli kuçlari tarkibida 68 ming ayol mavjud, ularning 48 ming nafari — harbiy xizmatçilardir. Mudofaa vazirligi davlat kotibi Lyudmila Daraganga köra, ayollarning 5 mingga yaqini bevosita jangovar harakatlar zonasiga jalb etilgan.