Andijonda radarlarni nişonga olgan mergan, Turkiyadagi iş firibgarliklaridan ogohlantiriş, Qarşida uyga kirib qolgan ilon va kuniga 1700 nafarga köpayayotgan Özbekiston aholisi — ötgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

Andijonda 52 radar miltiqda otildi

Andijon şahrida 49 yoşli haydovçi Mahmudjon Sirojiddinov pnevmatik miltiq bilan şahar markazidagi köçalarga örnatilgan yöl harakati qoidabuzarliklarini qayd etuvçi 52 ta kameraga şikast yetkazgani aniqlandi.

Moddiy zarar miqdori 1,1 mlrd sömga baholanmoqda.

IIB ma’lumotiga köra, u 29 ta çorrahada joylaşgan «Hikvision» rusumli 51 ta kamera va 1 ta radarga öq uzib, ularni qasddan şikastlagan. Fuqaro ijtimoiy tarmoqda murojaat qilib, ustma-ust jarimalar tufayli qattiq aççiqlanib harakat qilganini aytdi va zararni qoplaşda odamlardan yordam söradi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 173- (qasddan mol mulkka zarar yetkaziş) moddasi bilan iş oçilgan. Hozirça ayblanuvçiga nisbatan biror ehtiyot çorasi qöllanmagan. Kameralar «Özbektelekom» AJga qaraşli «TELECOM SOFT» MÇJga tegişli ekani aytilmoqda.

Turkiyadagi iş firibgarliklaridan ogohlantiriş

Özbekistonning Istanbuldagi Boş konsulxonasi fuqarolarni Turkiyadagi yolğon iş takliflaridan ogohlantirdi. Sönggi vaqtlarda ayrim şaxslar ortiqça maoş va qulay şart-şaroit va’dasi bilan özbekistonliklarni firibgarlik yölida aldayotgani aniqlangan.

Firibgarlar uy-joy, hujjat va iş bilan ta’minlaşni va’da qilib, odamlarni oğir ahvolga solmoqda. Bunday holatlarda iş haqi tölanmasligi, oğir mehnat va tahqirga uçraş, hatto deportatsiya va jarimaga duç keliş hollari uçramoqda.

Eng xavflisi — rasmiy hujjatlar mavjud emasligi tufayli firibgarlarni javobgarlikka tortiş qiyin böladi. Boş konsulxona çet elda işlaş uçun faqat rasmiy iş ruxsatnomasi (Çalışma İzni) bölgan holda safar qilişni tavsiya etmoqda.

UzAirways javobgarlikka tortildi

Istanbul–Toşkent reysida parvoz qilgan Turkiya fuqarosi Uzbekistan Airways’dan maxsus ovqat va sanitariya talablari bajarilmagani uçun Raqobat qömitasiga şikoyat qildi. U çipta sotib olayotganda glyutensiz ovqat talabini oldindan kelişgan, biroq reys vaqtida bu şart bajarilmagan.