Yevrokomissiya boşpana sörovlari tezlaştirilgan tartibda körib çiqiladigan va katta ehtimol bilan rad etiladigan yettita «xavfsiz uçinçi mamlakat»ni aniqlaşni rejalaştirmoqda, deb xabar beradi Euractiv. Dastlabki röyxatdan Bangladeş, Kolumbiya, Misr, Hindiston, Kosovo, Marokaş va Tunis örin olgan.
Xavfsiz uçinçi mamlakat konsepsiyasi boşpana sörovçilarni uşbu davlatga yönaltiriş imkonini beradi — bu orqali fuqarolar özlari sörov yuborgan davlatdan emas, balki mazkur mamlakatdan himoya topişi mumkin böladi.
Ma’lumotlarga köra, YeI yuqoridagi yettita davlatdan kelib tuşadigan boşpana sörovlarini katta ehtimol bilan rad etadi. Şu bilan birga, boşpana izlovçilarni öz mamlakatiga qaytariş töğrisida qaror qabul qilinadi.
Bu qadam YeI mamlakatlarida boşpana beriş qoidalarini qat’iylaştiriş va xavfsiz uçinçi mamlakat konsepsiyasini tezkor qayta körib çiqiş ortidan amalga oşirilişi mumkin. Euractiv’ning yozişiça, yangi reglamentda boşpana sörovçi şaxs bilan uni yuboriş rejalaştirilayotgan uçinçi mamlakat örtasidagi «aloqa» mezonini bekor qiliş taklif etilmoqda.
Ikkinçi özgariş YeI mamlakatlari hududida boşpana sörovi rad etilganda kiritiladigan apellyatsiyani kutişga taalluqli. Amaldagi qoidalarga köra, boşpana sörovçi şaxs uning şikoyati sud tomonidan körib çiqilmagunga qadar mamlakatda qoliş huquqiga ega. Yevrokomissiya sudning maxsus ruxsatiga köra, zudlik bilan deportatsiya qilişning oldini oliş variantini muhokama qilmoqda.









