Uruş va sanksiyalar tufayli Rossiyadagi fuqaro aviatsiyasi inqirozi fonida, zamonaviy kompozit materiallardan işlab çiqariladigan va Arktikaning uzoq hududlarida yuklarni taşiş uçun işlatilişi mumkin bölgan dirijabllar davrining qayta tiklanişi e’lon qilindi.
Bu fikrni «Soyuz aviatsionnogo dvigatelestroyeniya» xalqaro assotsiatsiyasi prezidenti Viktor Çuyko bildirdi.
«Ularning [dirijabllarning] vaqti qaytmoqda. Ötgan asrning boşida ular vodorod tufayli havoga kötarilgan, ammo u portlaş xususiyatiga ega. Falokatlar yuz bergan. Zamonaviy dirijabllar geliy bilan töldiriladi, bu xavfsiz. Yuk kötariş quvvati esa 200 tonnaga yetişi mumkin. Ha, tezligi past, 100 km/soat atrofida, lekin köp yuk taşiş mumkin», dedi u.
Garçi dirijabllar asosan ötmiş bilan, ayniqsa XX asrning birinçi yarmi bilan boğliq bölsa-da, ular butunlay yöq bölib ketmadi va zamonaviy texnologiyalarda qöllanilişi va rivojlanişi davom etmoqda.
Bugungi kunda dirijabllar quyidagi sohalarda işlatilmoqda:
1. Reklama va marketing. Havo kemalari köpinça «uçar reklama bilbordi» sifatida işlatiladi. Masalan, AQŞ Goodear Blimp dirijabli allaqaçon sport musobaqalari timsoliga aylangan.
2. Kuzatuv va razvedka. Harbiy va çegara xizmatlari, ayniqsa, boriş qiyin yoki xavfli hududlarda kuzatuv uçun aerostatlardan (boğlangan dirijabllardan) foydalanadi.
3. Ilmiy va tadqiqot maqsadlari. Dirijabllar atmosfera tadqiqotlari, yer kuzatuvlari (atrof-muhit monitoringi), havodan suratga olişda işlatiladi.
4. Yuk taşişda. Oğir yuk taşuvçi dirijabllarni rivojlantiriş loyihalari mavjud. Maqsad, yöllar bölmagan boriş qiyin bölgan hududlarga (Sibir, Kanada, çöllar) tovarlarni yetkazib berişdir.
Bugungi dirijabllarning afzalliklari: iqtisodiy samarali (samolyotlarga nisbatan kamroq yoqilği işlatadi), kamroq emissiya - yaşil alternativa, havoda muallaq tura oladi, şovqinsiz (kuzatiş va sayyohlik uçun qulay).
Muammo va qiyinçiliklar: past tezlik, ob-havo şaroitlariga zaiflik, qimmat, katta infratuzilma talab qiladi (angarlar, jamoalar).












