AQŞ hukumati Xitoyning DeepSeek çatboti va Amerikaning yarimötkazgiçlar işlab çiqaruvçi yetakçi kompaniyasi Nvidia’ga (DeepSeek’da aynan uşub kompaniya çiplaridan foydalanilgan) qarşi çoralarni muhokama qilmoqda. Bu haqda The New York Times gazetasi öz manbalariga tayanib xabar berdi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati allaqaçon Nvidia çiplarining Xitoyga sotilişini çeklagan. Şuningdek, hukumat DeepSeek’ka Amerika texnologiyalarini xarid qiliş imkonini bermaydigan sanksiyalarni joriy etiş va amerikaliklarga DeepSeek’dan foydalanişni taqiqlaş imkoniyatlarini körib çiqmoqda.
Ta’kidlanişiça, kongress ham Nvidia’ga bosim ötkazmoqda. Vakillar palatasining Xitoy kommunistik partiyasi işlari böyiça maxsus qömitasi 16 aprel kuni Nvidia DeepSeek’ka çiplar yetkazib beriş orqali Amerika qoidalarini buzgan yoki buzmaganini aniqlaş böyiça tergov boşlagan. Bu kongressning Nvidia’ga nisbatan birinçi tergovi hisoblanadi.
Nvidia vakili Jon Ritsso kompaniya AQŞ hukumatining qaysi mahsulotlar va qayerda sotilişi mumkinligi borasidagi körsatmalariga rioya qilganini bildirdi.
Oq uy va AQŞ savdo vazirligi DeepSeek’ning ayrim tadqiqotçilari Xitoy armiyasi hamda boşqa tuzilmalarga aloqador ekanidan xabar topganidan keyin Nvidia’ga nisbatan ta’qib boşlangan. DeepSeek vakillari bu boradagi sörovlarga javob qaytarmagan.
DeepSeek kompaniyasi yanvar oyida DeepSeek-V3 nomli yangi sun’iy intellekt tizimini taqdim etgandi. Kompaniya vakillarining qayd etişiça, model ikki oy davomida takomillaştirilgan va unga 6 million dollardan kamroq mablağ sarflangan — Amerika kompaniyalari esa bu kabi yönalişlarga önlab barobar köp xarajat qilmoqda.












