“Markaziy Osiyo kuçliroq va farovonroq bölişini istaymiz” - YeI elçisi bilan eksklyuziv intervyu
|03:01 / 18.04.20259 77217 min
Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi delegatsiyasi rahbari Toyvo Klaar Kun.uzʼga eksklyuziv intervyu berdi. Elçi Markaziy Osiyo bilan strategik hamkorlik, uning yönalişlari, iqlim özgarişi, jahondagi uruşlar – Ukraina va Ğazo, Afğonistondagi vaziyat, mintaqaviy jarayonlar, Özbekistondagi ijtimoiy-siyosiy kayfiyat hamda islohotlar xususidagi savollarga javob berdi. Respublikadagi inson huquqlari va media, söz erkinligi borasida ham elçi qaraşlarini bayon qildi.
Samarqandda bölib ötgan sammitda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlarining aloqalari rasman strategik hamkorlik darajasiga çiqdi. Yevrokomissiya prezidenti mintaqa bilan 4 yönalişda yaqin şeriklikni e’lon qilib, bunga 12 mlrd yevro ajratilişini bildirdi. Kun.uzʼga eksklyuziv intervyu bergan Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi delegatsiyasi rahbari – Toyvo Klaar bilan suhbat aynan şu strategik hamkorlikdan boşlandi.
“YeI qandaydir ğalabani istab strategik hamkor bölmadi”
Yevropa Ittifoqi bugun dunyoning 2-katta iqtisodi, liberalizmning asosiy homiysi va jahonning eng liberal qaraşli mintaqasi. Köp qutbli dunyoda gegemonlik uçun asosiy beş nomzodning biri ham – Yevroittifoq. Jahondagi geosiyosiy jarayonlarning borişi hamda asosiy qarorlarning qabul qilinişida Bryusselning pozitsiyasi öta muhim ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyo bilan ittifoq strategik hamkorlarga aylanarkan, mintaqada geosiyosiy manfaatlari kesişgan gigant davlatlarning bunga qaraşi – muhim. Elçi Toyvo Klaarga köra, Yevroittifoq Markaziy Osiyo bilan eksklyuziv aloqalarni yoki geosiyosiy ğalabani közlamaydi.
-Keling, avvalo Samarqandda ötgan oxirgi Yevropa Ittifoqi–Markaziy Osiyo sammitiga töxtalamiz. Beş davlat rasman ittifoqning strategik hamkoriga aylandi. Xöş, Markaziy Osiyo Yevropa uçun özi prioritetmi?
“Yevropa Ittifoqi uçun Markaziy Osiyo tanlangan hamkor. Biz mintaqaning har bir davlati bilan ham alohida-alohida, ham beş davlatni qöşganda bir yagona mintaqa sifatida aloqalarimizni davom ettirib kelyapmiz. Ittifoq mintaqaning qöllovçisi böla oladi degan umidimiz bor. Xalqaro munosabatlarda qiziqişlarimiz umumiy va öxşaş, BMT nizomi va xalqaro huquq qonun-qoidalaridan kelib çiqib, qaraşlarimiz ham yaqin. Şu bilan parallel ravişda hozirgi dunyoda savdo aloqalarini yaxşilaş va savdo yöllarini oçişdan biz ham manfaatdormiz. Siyosiy aloqalarni yaxşilaş bilan kelajakda ikki tomon ham bir butun mintaqa sifatida real işlaş imkonini köryapmiz. Markaziy Osiyoning esa barça prezidentlari bunga öz simpatiyasini bildirib böldi” – Toyvo Klaar, YeIning Özbekistondagi delegatsiyasi rahbari
Mavzuga oid
-Sizningça ayni masalaga mintaqada manfaatlari kesişgan gigant davlatlarning reaksiyasi qanday böladi, masalan, Rossiya va Xitoyning, kerak bölsa – AQŞ, Turkiya va Hindistonning ham?
“Birinçidan, biz Yevropa Ittifoqi sifatida, heç qanday eksklyuziv munosabatlarga intilmaymiz. Markaziy Osiyo bilan erişmoqçi bölgan va biz taklif qilayotgan narsa bu davlatlarning ham manfaatlarini közlagan. Va biz qandaydir ğalaba qozonadigan munosabatlarni örnatiş niyatida emasmiz, bunda nafaqat Yevropa Ittifoqi manfaatlari, balki Markaziy Osiyo davlatlari intilişi ham körinadi. Çunki men çin dildan işonamanki, Markaziy Osiyo davlatlari qançalik kuçli bölsa, xalqaro maydonda ular öz manfaatlarini şunçalik himoya qila oladi. Bu Yevropa Ittifoqi uçun ham foydali, çunki biz kuçli va ğururli Markaziy Osiyo davlatlarini, Özbekistonni körişni istaymiz, bu mamlakatlar ham xalqaro maydonda muhim öyinçilar bölişini xohlaymiz” – Toyvo Klaar, YeIning Özbekistondagi delegatsiyasi rahbari
“Özbekistonda erkinroq jamiyat quriş uçun yordamga tayyormiz”
AQŞda Donald Tramp prezidentlikka qayta saylanar ekan, katta qadamlar bilan bu davlat avtoritar tizimga ötmoqda. Şunday şaroitda Yevropa eng liberal mintaqa bölib qolmoqda. Markaziy Osiyo bilan aloqalar faqat transport-savdo, energetika yönalişlarida emas, farovon davlatlarning kuçli elementi hisoblangan demokratik, inson huquqlari yuqori ta’minlangan jamiyatni quriş böyiça ham davom etişi kerak.
- Samarqanddagi sammitda sözga çiqqan Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayyen Markaziy Osiyo bilan asosan tört yönalişda hamkorlik belgilanganini e’lon qildi. Bular savdo yöllari, muhim va foydali xomaşyolar, yaşil energiya, sun’iy intellekt va raqamli boğliqlik. Lekin mening fikrimça, Yevroittifoq bilan munosabatlarda qandaydir çegara bölişi yoki şu tört yönalişi bilan aloqalar çeklanişi kerak emas. Mahalliy ekspertlarga köra, Yevropa bu mintaqani inson huquqlari media va söz erkinligini ta’minlaş böyiça ham qöllaşi lozim. Xöş, yana qaysi yönalişlarda birga işlaysiz, qanday rejalar bor?
“Fakt şuki, bizning aloqalarimiz allaqaçon taşkil topgan. Özbekiston bilan diplomatik aloqalarimiz örnatilganiga 30 yil böldi. Ötgan yillar mobaynida bizning hamkorligimiz yönalişlari köpayib bordi. Ta’limda masalan Erasmus+ dasturlari özbek grant oluvçilari hamda talabalarini Yevropa muhiti, standartlariga moslaştirdi. Albatta, zamonaviy jamiyatni qurişda Yevropa Özbekistonga yordam berişni istagan, Özbekistonning özida ham bunga ijobiy qaraladi. Şu narsa aniqki, mintaqaning beş davlati bilan biz faqat qaysidir sohalarda hamkor bölib, qolganida çetda turmadik. Xavfsizlikdan tortib iqtisodiy aloqalargaça, Markaziy Osiyodagi jamiyatlarni rivojlantirişda biz mutlaq dialoglarimizga ega bölib keldik” – Toyvo Klaar, YeIning Özbekistondagi delegatsiyasi rahbari
-Nega men bu savolni beryapman? AQŞda Donald Tramp prezidentlikka kelgaç bu davlat liberalizmga qöl siltayapti, şunday şaroitda Yevropa Ittifoqi dunyodagi eng liberal mintaqa va eng asosiy liberalizm homiysi bölib qolmoqda. Ittifoq mintaqa va Özbekistondagi demokratiya, media va söz erkinligiga, bu borada kelajakda ham özgarişlar bölişiga işonadimi?
“Qonun ustuvorligi, individual erkinlikning öta muhim ekanini tan oliş – iqtisodiyotning rivoji uçun kerak ekaniga işonçimiz doim komil bölgan. Jamiyatda yaşovçi inson özini erkin tutib, avvalo özining qonun himoyasida ekanini his qilsa, bunday individ tavakkalçilikdan qörqmaydi. U tajriba qiladi, nimadirlarga urinib köradi va oxir-oqibat özi uçun haqiqatlar yaratadi, dunyoni kaşf qiladi. Erkin, muvaffaqiyatli jamiyatni quriş esa öşa davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti qanday bölişini ta’minlaydi. Buni faqat Yevropa xohlayapti, bu faqat Yevropaga tegişli degan gaplardan yiroq böliş kerak. Bizning pozitsiyamiz aniq, ittifoq qöllab-quvvatlaşga tayyor, biz Özbekistonning boyroq bölişini istaymiz. Insoniy erkinliklarni esa odamlarning öziga qöyib beriş – hal qiluvçi ahamiyatga ega böladi. Ha, Özbekistonda islohotlar qilinyapti, Mirziyoyevni tinglasak, bular hali tugamadi. Şunday ekan men yana bir bor ta’kidlayman, bu davlatda ozodroq, erkinroq jamiyat quriş uçun biz qölimizni çözişga tayyormiz” – Toyvo Klaar, YeIning Özbekistondagi delegatsiyasi rahbari
“Islohotlarga Yevropa emas, rahbarlar va xalqning özi işonişi muhim”
- Özbekistondagi ikkinçi ma’muriyat prezident Mirziyoyev davrida köproq davlatlar bilan kengroq hamkorlikni tanlayapti. Lekin bosimlar ham oşib bormoqda. Mirziyoyev bir neça marotaba Fransiyaga bordi, Germaniya, Vengriya va Italiyaga bordi. Ya’ni Özbekiston Yevropa bilan işlaşni xohlaydi. Bryussel rasmiy Toşkentning islohotlariga işonadimi?
“Umuman olganda, gap bizning işoniş-işonmasligimizda emas. Özbekistondagi hokimiyat organlari, rahbarlar, xalqning özi bu islohotlar natijasiga, insonlar hayotini özgartira bilişiga avvalo işonişi kerak. Bu özgarişlar töxtab qolmasligi, davom etişi juda muhim. Prezidentning özi ham aytganidek, men ham şu fikrdaman, ha ança işlar qilindi, lekin undanam köproq qilinişi kerak bölgan vazifalar hali bor. Yevropa Ittifoqi esa bu yölda faqat qöllay biladi” – Toyvo Klaar, YeIning Özbekistondagi delegatsiyasi rahbari
“Yevropa bizneslari uçun Markaziy Osiyoga yagona hudud deb qaraş – qulayroq”
- Yevropa Ittifoqi dunyodagi ikkinçi katta iqtisodiyot. Özbekiston bozori yevropalik tadbirkorlar va ittifoqning özi uçun qançalik jozibador hamda qiziq?
“Markaziy Osiyoda jami 80 millionga yaqin aholi bölsa, şundan eng köpi bir Özbekistonning özida, ya’ni 38 million. Yaqinda prezident Mirziyoyev bilan körişganimda uning sözlaridan Özbekiston Markaziy Osiyoga yagona mintaqa deb qaraşni ma’qul körişini, 5 davlat içidagi özaro tösiqlarni olib taşlaş tarafdori ekanini tuşunganman. Investorlar uçun ham taşqaridan mintaqani yagona bozor deb biliş qulayroq, şundagina ularning birgalikdagi iqtisodiyoti jozibaliroq ham böladi. Region böylab zavodlar quriladi, investitsiya kiritiş osonroq keçib, oldi-sotdi faollaşadi. Davlatlar özaro tösiqlarni olib taşlasa, bizneslar uçun bu iqtisodiyot yaxşiroq foyda olib keloladi, ular şu köz bilan qaraydi” – Toyvo Klaar, YeIning Özbekistondagi delegatsiyasi rahbari
“Transkaspiy transport koridoridagi kemalar yetişmasligi muammo tuğdirmoqda”
- Yevropa komissiyasi prezidenti Lyayyen Samarqanddagi sammitda savdo koridorlari haqida köp gapirdi va 4 yönalişdan biri ham aynan şu. Ayni paytda mintaqa intilayotgan savdo koridorlari, ularning qurilişi va işga tuşişi işlarida Yevropaning roli qanday böladi?
“Markaziy Osiyoni Kavkaz orqali Yevropa bilan boğlaydigan Transkaspiy savdo koridori biz uçun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Mintaqaning beş davlati bilan doim işlab kelganimizdek bu savdo koridorini moliyaviy va texnik jihatdan qöllaşga Yevropa Ittifoqi tayyor. Bundan taşqari, oradagi masofani qisqartirişga xizmat qiluvçi boşqa transport yölaklari böyiça ham davlatlar bilan alohida-alohida dialoglarimiz davom etyapti, bu böyiça yordamga oçiqmiz. Biznes doiralari va transport kompaniyalari uçun ham tovarni bir joydan ikkinçi joyga köçirişda vaqt muhim, kamroq vaqt olib, tezda yetkaziş, masofani qisqartiruvçi yöllarga muhtojmiz. Boj narxlari, uzoq tekşiruvlar, Kaspiy dengizida kemalarning yetişmasligi kabi muammolar haliyam yeçilmagan. Kaspiyda kemalar kamligi bois tovarlar bir neça kun kutişga majbur, bu esa vaqtni oladi. Bundan taşqari, Kavkazni Markaziy Osiyo bilan boğlovçi temiryöl mavjud emas. Yevropa Ittifoqi 3 milliard yevroni aynan mintaqa bilan savdo koridorlari, yöllarni yaxşilaş uçun ajratmoqda. Biz bu yöllar rostdan ham qulay bölişini va biznes vakillariga köproq foyda olişlari uçun imkon berişini ta’minlaş uçun hali qiladigan işlar köp deb bilamiz” – Toyvo Klaar, YeIning Özbekistondagi delegatsiyasi rahbari
“Ukraina adolatsiz tinçlikka zörlanmasligi kerak”
Mening keyingi savolim Özbekistonning dunyodagi voqealar, turli mojaro-yu uruşlar böyiça pozitsiyalari xususida. Rasmiy Toşkentning qaraşlariga Yevropa Ittifoqining munosabati qanday? Masalan, Ukraina va Ğazodagi uruşning tugaş pallasida prezident Mirziyoyev bir neça marotaba diplomatiya haqida gapirdi. Lekin uruş boşlanganda biror Markaziy Osiyo davlati bu haqida aniq pozitsiyasini aytmadi. Umuman Ukraina uruşi 2022 yilda boşlangandan beri Özbekistonning harakatlarini qanday baholaysiz?
“Ha, biz qöşilamiz, har bitta uruş va konfliktlar oxirida diplomatiya va kelişuvlar bilan yakuniga yetişi kerak. Ammo-lekin Ukraina mavzusida Yevropaning qaraşi aniq va vaziyat ravşan - uruşda yagona agressor davlat bu – Rossiya, yagona qurbon esa – Ukraina. Diplomatiya orqali muvaffaqiyatli kelişuvga erişiş uçun Ukraina uşbu muzokaralar yakunida kelgusida ham özini himoyalangan his qilişi kerak, Ukraina mustahkamlanişiga bu xizmat qilişi kerak. Diplomatiya orqali erişilişi kerak bölgan tinçlik Ukrainaning ham milliy manfaatlari va qiziqişlarini himoya qilişi kerak böladi. Biz kelişuv va diplomatiya prinsiplariga rozimiz, buni tan olamiz, lekin barqaror va adolatli bölmagan tinçlikka Kiyev majburlanmaganiga işonç hosil qilişimiz kerak böladi” – Toyvo Klaar, YeIning Özbekistondagi delegatsiyasi rahbari
“Media – duşman emas, döst”
Özbekistonda media muhit juda muhokamalarga boy. Ikkinçi ma’muriyat davrida media kompaniyalarning soni köpaydi, biroq erkinlik borasida muammolarimiz bor. Media erkinligi jamiyatda nima bölayotganini real köriş va real baholaş uçun zarur deb öylayman. Jurnalist va blogerlarning qamalişi, hibsga olinişi borasida xabarlarga tez-tez közimiz tuşadi. Özbekiston media erkinligini ta’minlaş uçun nimalar qilişi kerak?
“Birinçi navbatda, erkin ommaviy axborot vositalari farovon jamiyatning muhim vositasi va muhim elementidir. Çunki erkin ommaviy axborot vositalari muvaffaqiyatga ham, muvaffaqiyatsizlikka ham e’tiborni qaratadi. Va buni qaror qabul qiluvçilarning e’tiboriga şunday yetkazamanki, ehtimol, har doim ham siz haq bölmaysiz. Demak, erkin ommaviy axborot vositalari töğri qarorlar qabul qilişda juda muhim, davlat rahbarlari töğri qaror qabul qilolmadi, media bunga, albatta, e’tibor qaratadi. Buni bilgan, tan olgan rahbarlar esa öylab qaror qabul qiladi. Jurnalist ma’lum bir amaldorlarning nojöya xatti-harakatlariga e’tibor qaratmoqçi bölsa, u qandaydir siyosatni tanqid qilmoqçi bölsa, unda erkin bölişi kerak, çunki bu mamlakat manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga töğri keladi. Şunday qilib, biz Özbekistonda kuçli ommaviy axborot vositalarining rivojlanişini qöllab-quvvatlaşda dadilmiz va buni davom ettiramiz. Kuçli va farovon jamiyatning elementi – erkin mediada deb bilaman” – Toyvo Klaar, YeIning Özbekistondagi delegatsiyasi rahbari
“Saida Mirziyoyeva iştiyoqi baland insonga öxşaydi”
Davlatda media erkinlikni ta’minlaşda prezidentning qizi va yordamçisi Saida Mirziyoyevaning faolligi bor. U hokimiyat vektorida allaqaçon muhim figura, Samarqand sammitida ham prezidentlar Mirziyoyeva bilan körişganini kuzatdik. Mirziyoyevaning fondlari, taşkilotlari butun dunyoda özbek madaniyatini tarğib qilmoqda. Uning faolligi haqida sizning fikringiz qanday?
“Men Saida Mirziyoyeva bilan uçraşdim va biz juda yaxşi suhbatlaşdik. U ayollar va xotin-qizlar huquqlari böyiça ança gapirdi, u juda iştiyoqi baland insonga öxşaydi va rostdanam bu juda muhim mavzu. Çunki Özbekistonda ayollar jamiyatning teng yarmi degani hamda ayollar bugun respublika iqtisodiyotining ham faol iştirokçisi. Siyosatning faol iştirokçisi sifatida Mirziyoyevaning bunday tarğiboti jamiyat uçun muhim. Şunday qilib, biz u bilan juda yaxşi muhokamada böldik, men u bilan boşqa yönalişlarda ham işlaşni kutib qolaman”.
“Afğoniston bilaş işlaşda öta ehtiyotkormiz”
- Afğoniston Özbekistonning qöşnisi, bu davlatda tinçlik va barqarorlik bölişi Özbekiston uçun juda muhim. “Tolibon” hukumati hali rasman tan olinmadi, ammo bu hukumat bilan hamkorlik va aloqalar davom etmoqda. Yevropa Ittifoqi tomonidan “Tolibon”ni tan oliş yoki ular bilan aloqa örnatiş borasida qanday rejalar bor?
“Bilasizmi, Yevropa Ittifoqi Afğonistonda haliyam mavjud. Biz Kobuldagi diplomatik vakolatxonamizni heç qaçon yopmaganmiz. Biz Afğonistonga 100 million yevrodan ortiq gumanitar yordam körsatmoqdamiz. Şunday qilib, biz Afğoniston bilan aloqamizni umuman uzganimiz yöq. Siyosiy miqyosda Afğoniston tabiiy ravişda Özbekiston uçun muhim ustuvor yönaliş ekanini tuşunamiz va bu Markaziy Osiyoning barça davlatlari uçun ham muhim masaladir. Biz bu yerda hokimiyat tomonidan tutilayotgan pozitsiyalarni töğri tuşunamiz. Ammo şu bilan birga, Yevropa Ittifoqi sifatida biz Kobuldagi amaldagi hokimiyatdan ayollar va qizlarga nisbatan siyosatda haqiqiy özgarişlarni kutyapmiz. Gap şundaki, “Tolibon” hokimiyatni egallab olganidan söng afğon jamiyatida ayollar va qizlar butunlay çetga surib taşlandi va biz Yevropa Ittifoqi sifatida bunday bölişini istamaymiz. Biz Özbekiston rasmiylari bilan Afğoniston böyiça nima qiliş kerak deya köp muloqot olib bordik. Şu bilan birga, Afğoniston fuqarolarining yarmi asosiy huquqlari oyoqosti qilinayotganini körayotgan hozirgi şaroitda biz de-fakto hokimiyat bilan hamkorlik qilişda hamon ehtiyotkor bölamiz” – Toyvo Klaar, YeIning Özbekistondagi delegatsiyasi rahbari