Toliblar endi Rossiyada terrorçi taşkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji
|01:43 / 18.04.202514 01510 min
Rossiya Oliy sudi «Tolibon»ning mamlakatdagi faoliyatiga qöyilgan taqiqni töxtatdi. Harakat Rossiyada 2003 yildan beri terrorçilik taşkilotlari röyxatida edi.
Foto: Oliver Weiken / dpa / Global Look PressFoto: Oliver Weiken / dpa / Global Look Press
Rossiya Oliy sudi Boş prokuraturaning «Tolibon» faoliyatiga qöyilgan taqiqni töxtatib turiş töğrisidagi da’vosini qanoatlantirdi va harakatni terrorçilik taşkilotlari röyxatidan çiqarişga qaror qildi, deb xabar bermoqda RBK sud zalidan.
Sudya Oleg Nefedov taqiqni töxtatiş töğrisidagi qaror darhol kuçga kirişini bildirgan.
Sud majlisi yopiq tarzda ötkazilgani va matbuotga faqat qarorni e’lon qiliş uçun ruxsat berilgani sababli da’vo arizasining tafsilotlari noma’lum.
Rossiya hukumati sönggi yillarda «Tolibon» bilan faol aloqalarni davom ettirgan va Rossiya hududida harakat faoliyati taqiqlanganiga qaramay, ularning delegatsiyalarini Moskvada qabul qilgandi.
Kuçişlatarlar, diplomatlar va deputatlar: kimlar «Tolibon»ga vakillik qildi?
«Tolibon» «Terrorizmga qarşi kuraş töğrisida»gi federal qonunga kiritilgan ötgan yilgi tuzatişlardan söng terrorçilar röyxatidan çiqarilgan birinçi taşkilot böldi. Öşa paytda qabul qilingan tuzatişlarga köra, agar taşkilot terrorizmni tarğib qiliş, oqlaş va qöllab-quvvatlaşga qaratilgan faoliyatini yoki uşbu jinoyatlarni sodir etişni töxtatgan bölsa, uning faoliyatiga qöyilgan taqiq sud qarori bilan töxtatilişi mumkin bölardi. Tuşuntiriş xatida taşabbus mualliflari bunday mexanizmning yaratilişi huquqiy böşliqni bartaraf etişga qaratilganini ta’kidlagan.
«Tolibon»dan terrorçi taşkilot maqomini olişga imkon beruvçi qonun loyihasini tayyorlaş işlari 2024 yil bahorida boşlangandi. Ammo davlat ommaviy axborot vositalarining ayrimlari qonun talab qilganiga zid ravişda, guruh haqida gap ketganda «Rossiya hududida terrorçi deb tan olingan va taqiqlangan» şaklidagi majburiy eslatma berişni undan oldinroq bas qilgandi.
2024 yil may oyida Rossiya prezidentining Afğoniston böyiça vakili Zamir Kabulov Rossiya Taşqi işlar vazirligi va Adliya vazirligi Vladimir Putinga «Tolibon»ni terrorçi taşkilotlar röyxatidan çiqarişni taklif qilganini ma’lum qilgandi. Busiz Moskva toliblarni Afğonistondagi qonuniy hokimiyat sifatida tan ololmaydi, degandi Kabulov.
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov buni izohlarkan, taklif «obektiv haqiqatni aks ettirişi»ni aytdi. «„Tolibon“ Afğonistondagi haqiqiy hokimiyatdir va Rossiya Federatsiyasi bunga befarq emas», – degandi u.
Mavzuga oid
4 oktyabr kuni Kabulov «Tolibon»ni terrorçi taşkilotlar röyxatidan çiqariş töğrisidagi qaror allaqaçon oliy darajada qabul qilingani, ammo «qonuniy protseduralarga rioya qiliş talab etilişi»ni aytdi.
Şu kuni Rossiya FXX direktori Aleksandr Bortnikov xizmat «Tolibon»ni terrorçilik taşkilotlari röyxatidan çiqariş böyiça işlarni yakunlayotganini aytdi.
U Afğonistonda hokimiyat tepasida turgan toliblarning harakatlari «mamlakatda tartib örnatiş va barqarorlikni saqlaşga qaratilgani»ni ta’kidladi. Bundan taşqari, Bortnikovning sözlariga köra, toliblar IŞIDning Afğonistondagi qanoti – «Xuroson viloyati»ga qarşi kuraşişga tayyorligini namoyiş etmoqda.
Lekin quruq sözlarning özi yetarli emasdi. 26 noyabr kuni Davlat dumasiga Rossiyada terrorçi deb tan olingan taşkilotlar faoliyatiga qöyilgan taqiqni vaqtinça bekor qiliş imkonini beruvçi qonun loyihasi kelib tuşdi. Hujjatga tuşuntiriş xatida Rossiya qonunçiligida «terrorçilik taşkiloti faoliyatini taqiqlaşni töxtatib turiş imkonini beruvçi mexanizm közda tutilmagani» keltirilgandi.
Hujjat 10 dekabr kuni birinçi öqişda, 17 dekabr kuni ikkinçi va uçinçi öqişda qabul qilindi. 28 dekabr kuni esa uni prezident Putin imzoladi.
Hujjatga köra, taqiqni töxtatib turiş uçun boş prokuror (yoki uning örinbosari) da’vosi, keyin esa sud qarori kerak.
Rossiyaning toliblar bilan munosabatlari qanday özgardi?
1996-2001 yillarda Afğonistonda hukmronlik qilgan «Tolibon» harakati Rossiyada terrorçi deb topilgan va 2003 yilda uning faoliyati taqiqlangandi. Undan bir neça yil oldin toliblar çeçen ayirmaçilarini oçiqçasiga qöllab-quvvatlagan va hatto Rossiyaga muqaddas uruş – jihod e’lon qilgandi.
20 yil davomida Rossiyaning turli hududlarida toliblar bilan aloqadorlikda gumon qilingan şaxslarga nisbatan jinoiy işlar qözğatib kelingan. Bundan taşqari, Rossiyada «Tolibon» oşkora qöllab-quvvatlanişi terrorizmni oqlaganlik deb baholanişi mumkin. Masalan, jurnalist Nadejda Kevorkova aynan şu modda böyiça tergov qilingan, u oxir-oqibat ijtimoiy tarmoqlarda toliblar haqidagi posti uçun aybdor deb topilgandi.
Rossiya rasmiylarining toliblarga munosabati ular Yaqin Şarq va Şimoliy Afrikaning katta qismini öz nazoratiga olgan IŞIDga qarşi uruş e’lon qilganidan keyin özgara boşladi.
2015 yilda Rossiya prezidentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Zamir Kabulov Rossiya va «Tolibon» harakati IŞIDga qarşi kuraşda umumiy manfaatlari borligini aytgandi.
Sönggi bir neça yil içida Rossiya hukumati «Tolibon» bilan faol aloqalarni davom ettirdi va Rossiya hududida harakat faoliyati taqiqlanganiga qaramay, ularning delegatsiyalarini Moskvada qabul qildi.
2018 yilda toliblar ilk bor muzokaralar ötkaziş uçun delegatsiya bilan Moskvaga bordi. Uçraşuv yopiq formatda, Rossiya tomonidan taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov iştirokida ötdi. U bunday aloqalarni guruhni «qurolli kuraşdan voz keçib, hukumat bilan umummilliy muloqotga kirişiş»ga işontirişga uriniş sifatida tuşuntirdi.
2019 yil fevral oyida toliblar «Afğonlararo muloqot» forumida iştirok etiş uçun Rossiyaga kelgan, öşa yil mayida esa Lavrov Rossiya va Afğoniston örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining 100 yilligi munosabati bilan Moskvada toliblarni şaxsan qabul qilgandi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidlar böroniga javoban Rossiya Taşqi işlar vazirligi bunda obro‘-e’tiborga oid xavflarni körmayotganini aytdi.
2021 yilda Afğonistondan Amerika kontingenti olib çiqilişidan sal avval Lavrov «Tolibon» harakati yetakçilarini «aqli raso» odamlar deb atadi va mamlakatda toliblar hokimiyatga kelişi bilan rasmiy Moskvaning ritorikasi yanada yumşadi.
Jumladan, Kabulov toliblarni Afğonistonning qoçib ketgan prezidenti Aşraf Ğanining «qöğirçoq hukumati»ga nisbatan ança kelişuvçan deb atadi, Rossiya elçisi Dmitriy Jirnov esa Rossiya diplomatik vakolatxonasini qöriqlay boşlagan toliblar unda juda yaxşi taassurot qoldirgani va ularni «adekvat erkaklar» deb ataganini aytdi.
2021 yil oktyabr oyida Vladimir Putin Rossiya «Tolibon»ni terroristik taşkilotlar röyxatidan çiqariş böyiça qaror qabul qilişga yaqinligi, ammo buni birinçi navbatda BMT Xavfsizlik Kengaşi qilişi kerakligini aytgandi. Rossiya Taşqi işlar vazirligi «Tolibon»ni terroristik taşkilotlar röyxatidan çiqariş masalasi işlab çiqilayotganini ma’lum qilgandi.
Öşandan beri «Tolibon» vakillari Rossiyaga yana bir neça bor kelgan.
2024 yilda ular «Rossiya – Islom dunyosi: KazanForum» forumiga taşrif buyurişdi, şuningdek, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişidan keyin Ğarb iştirokçilari e’tiborsiz qoldira boşlagan Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida (PMEF) ikki marta iştirok etişdi.
Toliblar davridagi Afğoniston
Burqa kiygan afğon ayoli. Foto: AFP via Getty Images
Toliblar hokimiyatga qaytganidan keyingi birinçi matbuot anjumanida harakat spikeri Zabihullo Mujohid rejim 1996-2001 yillardagidek bölmasligini aytdi. U ayollar huquqlarini hurmat qilişga va matbuot erkinligini himoya qilişga va’da berdi. «Ayollarni kamsitiş bölmaydi, ular biz bilan yelkama-yelka işlaydi», degandi «Tolibon» spikeri. Şu bilan birga, u muhim eslatma berdi – ayollar huquqlari «islom huquqi doirasida» hurmat qilinadi.
Uşbu nutqdan bir oy ötgaç, 2021 yil sentabr oyida qizlarga maktabga qaytişga ruxsat berilmadi va Kobulda Xotin-qizlar vazirligi örniga Ezgulikni tarğib qiliş va illatlarni yöq qiliş vazirligi paydo böldi.
2021 yil oxirigaça «Tolibon» yana bir qator qonunlarni qabul qildi: ayollar iştirokidagi seriallarni namoyiş etiş taqiqlandi; ayollarga endi köplab davlat lavozimlarida işlaş, örta ta’lim oliş va öz şaharlaridan taşqariga yolğiz çiqişga ruxsat berilmadi. YuNeSKO ma’lumotlariga köra, 2024 yilga kelib Afğonistonda 1,4 million qiz toliblar tomonidan qabul qilingan qonunlar tufayli örta va oliy ma’lumot oliş imkoniyatidan mahrum bölgan.
2022 yil boşida afğon ayollari norozilik namoyişlariga çiqib, öz huquqlarini, birinçi navbatda, ta’lim oliş va işlaş imkoniyatini qaytarişni talab qilişdi. Ammo mitinglar tarqatib yuborildi, ularning iştirokçilari uyiga qurollangan odamlar bostirib kirdi.
2022 yil dekabrida afğon ayollari ta’lim oliş huquqi buzilişiga qarşi norozilik bildirgan edi
2022 yil may oyida ayollarga yuz va tananing boşqa qismlari oçiq holda köçaga çiqiş taqiqlangandi. Tegişli hujjatda umuman olganda, agar ayolning köçada şoşilinç işi bölmasa, uyda qolgani ma’qul ekani aytilgan.
2024 yilga kelib, taqiqlar tizimi yakuniy körinişga ega böldi. Ayollarga nafaqat yuzi va tanasini körsatiş, balki jamoat joylarida gapiriş ham taqiqlanadi. Erkaklarga soqol qöyiş va an’anaviy kiyimda yuriş buyurilgan. Tirik mavjudotlarning rasmlarini tarqatiş yoki hatto uyda saqlaş, magnitofon va radiopriyomniklarni işlatiş, böyinboğ taqiş va ğarb musiqasini tinglaş ham taqiqlanadi. Barça talablar bajarilişini axloq politsiyasi nazorat qiladi.