Sirdaryo viloyati hokimligida xususiy tibbiyot muassasalari hisobotlari natijalariga bağişlangan yiğiliş bölib ötdi.

Qayd etilişiça, viloyatdagi xususiy klinikalarda 1600 ga yaqin mutaxassis, jumladan, 443 nafar oliy toifali şifokor işlayapti. Xususiy klinikalarning 2024 yil uçun soliq hisobotlari tahliliga köra, örtaça oylik iş haqi atigi 2,2 million sömni taşkil etadi. Ammo ötkazilgan sörovnomada şifokorlar xususiy klinikalarda işlaşdan olinadigan real daromadi 8 mlndan 35 million sömgaça ekanini ma’lum qilgan.

Rasmiy ma’lumotlar kamaytirilişi oqibatida viloyat budjetiga har yili 12,7 milliard sömga yaqin soliq tuşumlarini yöqotayotgani ta’kidlab ötilgan.

Tuman va şaharlar nuqtai nazaridan olib qaralganda Guliston tumanida xususiy poliklinikalar yuqori toifali şifokorlarga örtaça 500 ming söm, Sardoba va Sayxunobod tumanlarida — 800 ming söm, Boyovut tumanida — 900 ming söm pul tölagan. «Bu raqamlar işlarning haqiqiy holatini aks ettirmasligi aniq», — deyiladi hisobotda.

Viloyat hokimi v.b. Erkinjon Turdimov yaşirin sxemalarga qarşi birgalikda kuraşişga çaqirdi va çorak yakunlari böyiça vaziyatni yana bir bor tahlil qiliş niyatida ekanini ma’lum qildi.

«Soliqdan qoçiş tamoyilidan voz keçiş kerak. Xususiy klinikalar hammasi hozir soliqdan qoçmoqda, soliq tölamaslikka harakat qilmoqda.

Hurmatli xususiy korxona rahbarlari. Sizlardan iltimos qilamiz, talab qilamiz: esingiz borida etagingizni yopib oling. Va bor narsani hisobotda körsatişingizni söraymiz.

Aks holda, köza kunda emas, kunida sinadi. Bu esa yaxşilikka olib kelmaydi», degan viloyat rahbari.

Bundan avvalroq Sirdaryo viloyati soliq boşqarmasi boşliği Uluğbek Xatamov işdan olinib, uning örniga Suhrob Tavboyev tayinlangani xabar qilingandi.