19 aprel kuni tongda davlat raqamisiz harakatlangan qora rangli Gentra YPX xodimining töxtaş işorasiga böysunmasdan bir neça avtomaşinaga şikast yetkazgani bilan boğliq qöşimça tafsilotlar ma’lum qilindi. 

«Soat taxminan 07:10 larda qora rangli Gentra özi bilan bir qatorda harakatlanib kelayotgan bir neça transport vositalariga xavfli holat tuğdirib, texnik şikast yetkazgani tufayli uşbu avtoulovga maxsus qurilma orqali töxtaş işorasi berilganida, avtoulov harakat tezligini yanada oşirib, yaşirişga urindi.

Mazkur holat yuzasidan haydovçi bilan tergov işlari olib borilganida, unda avtoulovni boşqariş huquqini beruvçi me’yoriy hujjatlar yöqligi, bundan taşqari, avtoulovning davlat raqami belgisi yöqligi aniqlandi. Tekşiruv davomida, avtoulov davlat raqami belgisi avtomobil yukxonasidan topildi», – deya ma’lumot berdi Toşkent şahar IIBB katta inspektori Muzaffarxon Inoğomov.

Sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida bir nafar haydovçiga tez tibbiy yordam körsatilgan.

Avtomobil boşqaruvidagi ayol sarxuş holatda bölgan, unda haydovçilik guvohnomasi va işonçnoma bölmagan, avtomobil esa yölovçi örindiğidagi erkakka tegişli bölgan.

Avtomobil salonida jami beş kişi bölgan, ular bir kun oldin mehmondorçilikka yiğilgan, u yerda spirtli içimlik va gaşiş giyohvandlik moddasi iste’mol qilingan.

«Rulni u yoqqa, bu yoqqa burib taşladim. Töxtama dedi, köp maşina urildi, dovdirab qoldim. Neçta maşina urilganini bilmayman. Ulardan keçirim sörayman», – deya yiğlab körsatma bergan avtomobil boşqaruvidagi ayol.

Avtomobil egasi maşina otasining nomida ekanini aytgan.

«Transport vositasi menga tegişli, otamga tegişli. Haydasam böladimi dedi, mayli haydang dedim. Keyin YTH bölib qoldi, qoçdik, yölda Damas urvorildi. 

Undan keyin, Sobir Rahimov köprigidan ötganda töxtab qoldik. Svetoforda tirbandlikda qolib ketdik. Ortga qayrilib, qarama-qarşi yönalişda qaytdik. Öşanda beş-oltita maşina bilan YTH qildik.

Qilgan işimdan puşaymonman. Jabrlangan odamlardan keçirişlarini sörayman», – degan u.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlariga kirişilgan. Gumon qilinuvçi şaxslar protsessual tartibda uşlangan.

Hozirda jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy zararni aniqlaş böyiça tegişli ekspertizalar tayinlangan.