Toşkent şahrida YPXdan qoçib, 10 dan ortiq maşinani urib ketgan Gentra'ning uç yölovçisi ma’muriy jazoga tortildi. Kun.uz sud qarori bilan tanişdi.

Sud hujjatida keltirilişiça, Gentra'da 1990 yil Namangan viloyatida tuğilgan G.P., 2004 yil Jizzax viloyatida tuğilgan B.R. hamda 2005 yil Qoraqalpoğiston Respublikasida tuğilgan D.Q. (barçasi ayol) bölgan. Ular 2025 yil 19 aprel kuni soat 7:30 larda Çilonzor tumani, Bunyodkor şohköçasida jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimasdan fuqaro U.B.ni haqorat qilişgan. Jamoat tartibini buzişgani uçun ularga Çilonzor tuman IIO FMB HPX profilaktika inspektori tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnomalar rasmiylaştirilgan.

Sud majlisida huquqbuzarlarning barçasi aybiga iqrorlik bildirgan.

“18 aprel kuni dugonam S.ning (Gentra'ni boşqargan ayol) uyiga mehmondorçilikka bordim. Keçasi şu yerda tunab qoldik. Ertasi kuni ertalab B.R.ning soğliği yomonlaşganligi uçun J.ning maşinasida dorixonaga çiqdik. Maşinani S. boşqardi. Yölda YHXB xodimlari töxtatişdi. Sababi maşinaning davlat raqami belgilari olib qöyilgandi. Şunda S. ularning ogohlantirişlariga qaramasdan maşinani katta tezliqda boşqarib, boşqa transport vositalariga urildi. Bizni töxtatişganidan söng IIB xodimlari va boşqalar kelişdi hamda IIB binosiga olib ketişmoqçi bölişdi. Ularga qarşilik körsatdik. Şu yerda bölgan fuqarolar bizga baqirgani uçun barçani haqorat qildik”, degan G.P.

Sudda qolgan huquqbuzarlar ham şu kabi körsatma berib, qilmişlaridan puşaymon ekanliklarini bildirişgan.

Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudining 2025 yil 19 apreldagi qarori bilan ayollarning uçalasi ham MJtKning 183-moddasi (Mayda bezorilik) va 194-moddasi (Içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Ularning har biriga 7 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

YPXdan qoçib, boşqa maşinalarni urib ketgan Gentra'ni 1999 yilda tuğilgan ayol boşqargan. Rasmiylarga köra, haydovçi giyohvand modda ta’sirida bölgan, uning haydovçilik guvohnomasi bölmagan. Guvohlarning Kun.uz muxbiriga aytişiça, kamida 2 ta Damas, bitta Matiz va Li 9 avtomobillariga turli darajada zarar yetkazilgan.