Toşkent şahrida YPXdan qoçgan qora Gentra 5 ta maşina bilan töqnaşgani ma’lum böldi. Toşkent şahar IIBB holat yuzasidan qöşimça ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinişiça, 2025 yil 19 aprel kuni fuqaro O.J. otasi nomida bölgan Gentra maşinasini tanişi, haydovçilik guvohnomasiga ega bölmagan S.P.ga boşqariş uçun taqdim qilgan. Özi maşinaning old yölovçi örindiğida kelgan. Avtomobilning orqa örindiğida esa uç nafar tanişlari – P.G., Q.D., R.B. (barçasi ayol) bölgan.
Ular Çilonzor tumani TXAY-Çorboğ köçasida tartibsiz harakatlanib, dastlab Damas maşinasini urib yuborib, şikast yetkazgan.
Şunda uşbu yönalişda xizmat olib borayotgan YHXB xodimlari ularga töxtaş buyruğini bergan. Biroq S.P. bunga böysunmasdan, J.O.ning körsatmasi böyiça harakatni davom ettirgan. Oqibatda u Cobalt va 2 ta Gentra bilan töqnaşuv sodir qilib, haydovçilarga tan jarohati va maşinalarga şikast yetkazgan. Söng Matiz bilan (jami 5 ta maşina) töqnaşuv sodir qilib, boşqaruvni töxtatgan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. S.P. va J.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi “b” bandi (özganing mulkiga şikast yetkaziş) va 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik) bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
Maşina orqa örindiğida bölgan P.G., Q.D., R.B.ga jamoat joyida mayda bezorilik qilganliklari va içki işlar organlarining qonuniy talablarini bajarmaganliklari uçun MJtKning 183 va 194-moddalari bilan 7 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Ularning harakatlarida jinoyat alomatlari bölmagan.
«Rulni u yoqqa, bu yoqqa burib taşladim. Töxtama dedi, köp maşina urildi, dovdirab qoldim. Neçta maşina urilganini bilmayman. Ulardan keçirim sörayman», deya yiğlab körsatma bergan maşina boşqaruvida bölgan ayol. Rasmiylarga köra, Gentra'ni boşqargan haydovçi giyohvand modda ta’sirida bölgan.












