«Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlaş hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga köra, diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillaştirişning ustuvor yönalişlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- jamiyatda diniy bağrikenglik va konfessiyalararo totuvlikni yanada mustahkamlaşga oid ilğor mexanizmlarni joriy etiş;

- diniy-ma’rifiy sohada kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş orqali zamon talablariga mos mutaxassislarni yetiştiriş;

- aholi orasida birdamlik, özaro hurmat va mehr-oqibat ruhini kuçaytiriş, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlaşga qaratilgan dolzarb ilmiy tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş.

«Bağrikeng jamiyat – barqaror davlat» tamoyili asosida yangi hamkorlik tizimi yölga qöyiladi. Bunda quyidagi taşkilotlar hamkorlik qiladi:

- Din işlari böyiça qömita

- Özbekiston mahallalari uyuşmasi

- Yoşlar işlari agentligi

- Oila va xotin-qizlar qömitasi

- Içki işlar vazirligi

Uşbu hamkorlik tizimining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- diniy sohadagi davlat siyosatini amalga oşirişda davlat va jamoat taşkilotlarining hamkorligini yölga qöyiş;

- vijdon erkinligini ta’minlaş, turli konfessiyalar vakillarining özaro ahil-inoq va hamjihat hayot keçirişini qöllab-quvvatlaş.