«Özbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlaş va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi qonun qabul qilindi.

Qonunga köra, Özbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlaş va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi.

Konsepsiya vijdon erkinligiga bölgan huquqni va Özbekiston Respublikasi dunyoviy davlat ekanligiga oid konstitutsiyaviy qoidalarni röyobga çiqariş hamda diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, vazifalari, prinsiplarini va ustuvor yönalişlarini belgilaydi.

Konsepsiya davlatçilik rivojining boy milliy-tarixiy tajribasiga va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda işlab çiqilgan bölib, köpmillatli va köpkonfessiyali Özbekistonda umumjamiyat manfaatlarini röyobga çiqariş, demokratiya, dunyoviylik, erkinlik, tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik asosida özaro totuvlikda yaşaş hamda izçil taraqqiy etiş uçun zarur barqaror muhitni ta’minlaşga qaratilgan.

Özbekistonda diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi fuqarolarning vijdon erkinligiga bölgan huquqlarini amalga oşiriş uçun teng şart-şaroitlar yaratişdan, turli dinlarga mansub diniy taşkilotlar örtasida özaro murosa va hurmat örnatilişiga kömaklaşişdan, konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlaşdan, jamiyatda diniy bağrikenglikni va dunyoviylikni ta’minlaşdan iborat.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuçga kiradi.