«Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlaş hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini ta’minlaş hamda diniy-ma’rifiy sohadagi faoliyatni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişning ustuvor yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:

  • jamiyatda diniy bağrikenglik va konfessiyalararo totuvlikni yanada mustahkamlaşga oid ilğor mexanizmlarni joriy etiş;
  • ilm-fan va jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qöşgan buyuk ajdodlarning insonparvarlik, ezgulik, tinçlik va bağrikenglik kabi umuminsoniy va oliyjanob ğoyalarga asoslangan diniy-falsafiy merosini çuqur örganiş hamda keng tarğib etiş;
  • diniy-ma’rifiy sohada kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş orqali zamon talablariga mos mutaxassislarni yetiştiriş;
  • aholi orasida birdamlik, özaro hurmat va mehr-oqibat ruhini kuçaytiriş, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlaşga qaratilgan dolzarb ilmiy tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş;
  • diniy-ma’rifiy sohadagi xalqaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantiriş hamda samaradorligini oşiriş.

Farmonga muvofiq, fuqarolarning ibodatlar va diniy rasm-rusumlarni amalga oşirişi uçun qöşimça qulayliklar yaratiş, Haj va Umra ziyoratlariga borişi bilan boğliq xizmatlarni körsatiş jarayonida ortiqça byurokratik tartibotlarni bartaraf etiş maqsadida Din işlari böyiça qömita va Raqamli texnologiyalar vazirligi 2025 yil 1 sentabrga qadar Haj va Umra yagona portalini hamda uning mobil ilovasini işlab çiqadi.

Belgilanişiça:

  • portal Haj tadbirlariga boruvçi fuqarolarning yagona elektron navbati hamda Umra tadbirlariga yuboriladigan ziyoratçilarning elektron röyxati şakllantiriladigan tizim hisoblanadi;
  • portalda Haj va Umra faoliyati töğrisidagi ma’lumotlarni yiğiş va rasmiylaştiriş bilan boğliq jarayonlar raqamlaştiriladi;
  • vazirlik va idoralar Qömita söroviga köra özining axborot tizimlari portalga integratsiya qilinişini ta’minlaydi;
  • Din işlari böyiça qömita portal faoliyatini moliyalaştirişga, texnik jihatdan qöllab-quvvatlaşga, aloqador davlat va nodavlat taşkilotlar uçun foydalaniş imkoniyatini yaratişga mas’ul davlat organi hisoblanadi;