Rossiya mudofaa vazirligi prezident Vladimir Putin tomonidan e’lon qilingan «Pasxa sulhi» muddati yakunlangani va harbiy amaliyot qaytadan tiklanganini e’lon qildi. Rossiya harbiylari Belgorod, Xarkiv, Donetsk va Xerson oblastlaridagi yuriş amaliyotlari töğrisida ma’lumot bergan.

Vazirlik bayonotida ta’kidlanişiça, vaqtinçalik sulh amal qilgan davr mobaynida «maxsus harbiy amaliyot hududidagi barça qöşinlar öt oçişni töxtatiş rejimiga qat’iy rioya etgan hamda oldin egallangan marralarda qolgan».

«Pasxa sulhi»ni Putin 19 aprel kuni keçqurun bir tomonlama tartibda e’lon qilgandi. U şanba kuni soat 18:00 dan duşanba kuniga qadar Rossiya qöşini butun front çiziği böylab harbiy harakatlarni töxtatişini ma’lum qilgandi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham agar rossiyalik harbiylar sukunat rejimiga amal qiladigan bölsa, ukrain armiyasi ham şunday yöl tutişini va’da qilgandi.

Sulhga rioya qilinişi ustidan qandaydir mustaqil nazorat yöq edi. Natijada tomonlar bir yarim kun davomida muntazam ravişda bir-birini öt oçişni töxtatiş rejimini buzganlikda ayblab keldi. Zelenskiy 20 aprel kuni tongida Rossiya qöşinlari «sulh taassurotini yaratişga harakat qilayotgani», ammo front çiziğida oldinga siljişga urinişlarini töxtatmayotganini aytib çiqdi. Şu bilan birga, Ukraina harbiylari ba’zi yönalişlarda hujumlar intensivligi pasayganini tasdiqladi. 21 aprel kuni ertalab esa Zelenskiy bir yarim kun içida Rossiya harbiylari tomonidan sulhni buziş böyiça 2935 ta holat qayd etilganini ma’lum qildi.

Rossiya mudofaa vazirligi öz hisobotida Ukraina qurolli kuçlari öt oçişni töxtatiş rejimini 4900 marta buzganini iddao qildi. Rossiya harbiy idorasining ta’kidlaşiça, Ukraina qurolli kuçlari Kursk oblasti va Donbassda hujumlar uyuştirgan, şuningdek, dronlar va artilleriya bilan Rossiya qöşinlari pozitsiyalariga zarbalar yöllagan.

Şu bilan birga, Kiyev ham, Moskva ham duşman tomonidan jangovar harakatlar intensivligi pasayganini tan olişdi. Yakşanba kuni keçqurun Zelenskiy «heç bölmaganda havo trevogasi bölmagani»ni qayd etdi. U havodan uzoq masofali qurollar bilan hujum qilinmasligini «erişilgan va davom ettiriş eng oson bölgan sukunat formati» deb atadi. Ukraina prezidenti 30 kun muddatga uzoq masofali qurollar bilan havo hujumlari yöllaşdan voz keçişni taklif qildi.

«Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga uzoq masofali dronlar va raketalar bilan har qanday zarba berişdan kamida 30 kun muddatga voz keçişni taklif qiladi. Agar Rossiya bunday qadamga rozi bölmasa, bu uning bundan keyin ham faqat odamlar hayotini vayron qiladigan va uruşni davom ettiradigan işlarni qilişni xohlayotganining isboti böladi», – dedi Zelenskiy.