Farmagentlik rahbari Abdulla Azizovga köra, referent narxlarni şakllantirişdagi kamçiliklar bartaraf etilib, narxlar qaytadan belgilanadi. Şuningdek, markirovkani epaqaga keltiriş ham közda tutilgan. “Bir oyda 90 millionga yaqin doriga markirovka qöyilsa, bor-yöği 5 milliontasi tizimdan çiqyapti. Bu degani 75-85 mln dori vositasi qayerdadir “omborda saqlanyapti”, aslida esa sotib bölingan”, deydi u.

Özbekistonda dori vositalarining ruxsat etilgan maksimal narxlari qayta körib çiqiladi. Bu haqda Farmatsevtika agentligi direktori Abdulla Azizov ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, referent narxlarni şakllantiriş tartibini takomillaştiriş, byurokratiyani qisqartiriş böyiça loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.

Kun.uz muxbiri Azizov iştirokida ötgan matbuot anjumanida soha rahbariga bir neçta savollar bilan murojaat qildi. Xususan, 1 apreldan retsepsiz sotiladigan dori vositalariga nisbatan narx çeklovi olib taşlangandan keyin, bu narxga ta’sir qilmaydi, aksinça narx tuşişiga sabab böladi deyilgandi. Ammo, ayrim hududlarda narx biroz qimmatladi. Azizov buni vaqtinçalik holat deb izohladi.

“Birinçi eşik oçilganda, narx ösişi kuzatiladi. Sababi, bozorda yetarli darajada öşa dori vositasi bormi yoki marja kiçkina bölgani bois, olib keliş ham kam böladi. Keyin narx oşadi. Şundan keyin boşqa iştirokçilar bozorga mahsulot yetkazib berişni boşlaganidan keyin, töyiniş paydo böladi. 6-7 oy içida narx tuşişi ham kuzatiladi.

Retsepsiz dorilar narxlari köp rivojlangan davlatlarda nazoratga olinmagan. Asosiy mexanizm bu tibbiy suğurta hisoblanadi. Masalan, Turkiyada 87 foiz dori vositalari davlat tomonidan xarid qilinadi. Hozirgi kunda bizda bu körsatkiç 15 foizni taşkil etadi. Kutilmalarimizga köra, keyingi 5-6 yil içida 40 foizga yetib oladi”, – deydi u.

Kun.uz muxbiri dori vositalariga QQS stavkasini qayta körib çiqiş va oxiriga yetmayotgan markirovka masalasi haqida söradi.

“Biz QQSni hurmatli Jamşid Anvaroviçga [boş vazir örinbosari – tahr.] bir neça marta kötardik. Ötgan yili 12 foiz qöllanilganidan keyin qanday natijasi böldi, narxga qanday ta’sir qildi, tuşumi köpaydimi yoki teskarisi böldimi, örganiş kerak degan topşiriq böldi. Prezident farmonida ham topşiriq ketgan. Bu böyiça iş ketyapti. Takliflarimizni tayyorlab kiritamiz”, – deydi Farmagentlik rahbari.

Abdulla Azizovning qöşimça qilişiça, rivojlangan davlatlarda dor vositalari ijtimoiy tovar bölgani bois ularga nisbatan QQS stavkasi pastroq belgilangan.