Bu nima degani?

Avvallari oziq-ovqat mahsulotlari, bolalar ovqatlari, içimliklar yoki ösimlik mahsulotlarini işlab çiqariş va çetdan olib kiriş uçun turli xil ruxsatnomalar, sanitariya va veterinariya xulosalari, sertifikatlar olinişi şart edi. Bu esa köp vaqt, mablağ va hujjatlaştirişni talab qilardi.

Endilikda:

1. Mahalliy va import oziq-ovqat mahsulotlari uçun laboratoriya natijalari asosida alohida sanitariya-epidemiologik sertifikat oliş talab qilinmaydi.

2. Bolalar ovqatlari, parhez mahsulotlar, biologik faol yoki yangi texnologiya asosida işlab çiqilgan oziq-ovqatlar uçun texnik hujjatlarni (retsept, qadoqlaş, markirovka, işlab çiqariş şartlari va boşqalar) Soğliqni saqlaş vazirligi bilan majburiy kelişiş şart emas.

3. Alkogolsiz içimliklar uçun qöşimçalar yoki butlovçi qismlarni mamlakatga olib kirişda har bir partiya uçun alohida sertifikat talab etilmaydi.

4. Fitosanitariya sertifikati faqat gigiyenik yoki veterinariya xulosasi mavjud bölmagan hollarda söraladi.

5. Ösimlik mahsulotlari, matolar, ipak, ğalla, paxta, öyinçoqlar va sport anjomlari uçun veterinariya sertifikatlaş vaqtinça bekor qilinmoqda.

Bu islohotlar nimasi bilan muhim?

– tadbirkorlar uçun qulaylik yaratiladi – işlab çiqariş yoki import jarayoni soddalaşadi;

– vaqt va xarajat tejaladi – byurokratik tösiqlar kamayadi, hujjatlarni olişga ketadigan mablağ qisqaradi;

- mahsulotlar tezroq bozorga çiqadi – yangi retsept yoki texnologiya asosida işlab çiqarilgan mahsulotlar tez fursatda iste’molçiga yetkaziladi;

- içki bozor faollaşadi – soddalaştirilgan tartiblar bozor raqobatini oşiradi, natijada iste’molçi uçun mahsulotlar xilma-xil va nisbatan arzon böladi.

Xullas, uşbu islohotlar ortiqça hujjatbozlikni kamaytiriş, işlab çiqaruvçilar va importyorlar faoliyatini yengillaştiriş, şuningdek, bozor mexanizmlarini faollaştirişga xizmat qiladi.