Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturi ekspertlari Farhod Tolipov va Fazliddin Madiyev jonli efirda xalqaro maydonda keçayotgan jarayonlar haqida tomoşabinlardan kelib tuşgan savollarga javob berişdi.
Donald Trampning Rossiya–Ukraina uruşini yakunlaş böyiça rejasi borsida qanday tahlillar mavjud?
Farhod Tolipov: Sönggi vaqtlardagi taşabbuslar va rejalarning barçasi çala, aniq bir strategiya mavjud emasdek. Vaziyat rostdan murakkab, masalan Ukraina, Rossiya, AQŞ vakillari muzokaralar ötkazişga harakat qilişyapti, lekin mana, Trampning rejasida ham Ukrainaning hududiy yon beriş masalasi bor, xuddi Ukrainaning taqdirini Ukrainasiz hal qilişayotgandek tuyuladi.
Rasmiy Kiyev iştirok etmagan muzokaralar çala va mukammal bölmagan natijalarni hosil qiladi xolos. Kiyevning sönggi bayonoti ham bosib olingan Qrimni Rossiyaniki deb tan olişni rad etadi. Şuning uçun ham diplomatik va strategik nuqtayi nazardan, barça tomonlarni jalb qilgan holdagina adolatli yeçim topiş mumkin. Şuning uçun Londondagi uçraşuv ham mukammal natijalar bilan yakunlanmasa kerak.
Eron Isroilni davlat sifatida tan olsa, mintaqada tinçlik böladimi?
Fazliddin Madiyev: AQŞ uçun Yaqin Şarqdagi muammolar hozir ortiqça, çunki bugungi Vaşington taşqi siyosatida ustuvor vazifa – Ukraina masalasini tezroq hal qilib, Xitoy bilan ehtimoliy töqnaşuvlarga tayyorlaniş. Şundoq ham Tramp iqtisodiy tejamkorlik siyosati haqida köp gapiryapti va şu fonda Eron bilan uruşga milliardlab sarflamasa kerak.
Undan taşqari, Yaqin Şarqda hozir Turkiya asosiy öyinçi va Anqarani heç kim çetga surib qöyolmaydi. Tramp va Netanyahu uçraşuvida ham şu narsa sezilgandek, Tramp Oval kabinetida va Netanyahu qarşisida xalifalardan birining iqtibosini keltirib, “men ikki tomonni ham muvozanatda uşlayman” degandek sözladi.
Eron faktori – bu Xitoyning ham obröyi masalasi. Çunki Xitoyning strategik darajada asosiy eşigi bu Eron.
Hozirgi şakllanayotgan dunyo tartibotida Özbekiston nima qilişi kerak?
Farhod Tolipov: Özbekiston xalqaro huquqni konstitutsiyada ham ustuvor deb e’tirof etgan, şunday ekan, Toşkent özining xatti-harakatlarida BMT rezolyutsiyalari asosida xalqaro huquqqa asosan yöl tutişi kerak.











